Omonulla Fayziyev “Dunyo” axborot agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tayinlovga qadar ham 2020-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelgan.
2020-yil fevralidan buyon “Dunyo” axborot agentligiga Sadriddin Suyarov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, “Dunyo” axborot agentligi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarkibidagi axborot agentligi. Prezidentning 2018-yil 5-apreldagi farmoniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligi tuzilmasidagi “Jahon“ axborot agentligi negizida tashkil topgan.
Izoh (0)