O‘zbekiston TIV huzuridagi Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga Sanjar Valiyev rahbar etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Ma’lum qilinishicha, 48 yoshli Sanjar Valiyev shu kunga qadar Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar xizmatida ishlab kelgan.
U uzoq yillar davomida Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida, shuningdek, O‘zbekistondagi boshqa tahlil markazlarida tashqi siyosat masalalari bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borgan.
Sanjar Valiyev 2019—2023-yillarda Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markaziga rahbarlik qilgan Doniyor Qurbonov o‘rniga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, Xalqaro aloqalar axborot-tahlil markazi 2016-yilda tashqi siyosat, xalqaro siyosiy va iqtisodiy aloqalar sohasida keng qamrovli tadqiqotlar olib borish maqsadida tashkil etilgan.
Izoh (0)