“Tolibon” yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda sayohatchilar uchun marshrutlarda 76 ta masjid qurishni buyurdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

“Tolibon” jamoat ishlari vazirligining rasmiy vakiliga ko‘ra, viloyatlar bo‘yicha masjidlar taqsimoti quyidagicha:
- Hirot – 8
- Farah – 6
- Bomiyon – 5
- G‘ur, Badaxshon, Faryob, Qandahor, Paktiyo – 4 ta
- Nimroz, Vardak, Nangarhor, Bodg‘iz, Qunduz – 3
- Zabul, G‘azni, Hilmand, Paktika, Bag‘lon, Samangan, Juzjon – 2
- Logar, Xost, Lag‘mon, Kunar, Parvon, Balx, Taxor, Kapisa – 1
Masjidlarda sayohatchilar sovuq va issiq suv, elektr energiyasi, avtoturargoh va parklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Marshrutning har 70 kilometriga bitta shunday masjid qurish rejalashtirilgan.
Izoh (0)