“Tolibon” harakati hukmronligi ostidagi Afg‘oniston 2023-yilda ikki milliard dollarga yaqin summadagi mahsulotni eksport qildi, deb yozmoqda Sputnik Afghanistan.
“Tolibon” Sanoat va savdo vazirligi Afg‘onistonning 2023-yilda eksporti ikki milliard dollarga yaqin bo‘lganini, eng katta eksport Pokiston, Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Qozog‘iston va O‘zbekistonga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Vazirlikning taʼkidlashicha, o‘tgan yili ko‘mir eksporti kamayib, qo‘shni davlatlar bilan savdoda muammolar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, eksport hajmi oshgan.
“Tolibon” Savdo va sanoat vazirligiga ko‘ra, joriy yilda Afg‘oniston eksporti hajmi o‘tgan yillarga nisbatan ikki foizga oshganini ko‘rsatadi.
Ayni damda mamlakat Savdo-sanoat va sarmoya palatasi Afg‘oniston mintaqa va dunyoning ko‘plab davlatlari bilan savdo-sotiq olib borayotgani, savdoni rivojlantirish uchun dunyo xususiy sektorga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashi kerakligini ta’kidlamoqda.
Avvalroq “Tolibon” savdo vaziri Afg‘oniston 60 ta davlat bilan savdo aloqalarini o‘rnatganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)