Balx universiteti rahbari etib tayinlangan “Tolibon” rasmiysi Ziyoul Haq lavozimidan chetlatildi. Bunga uning turmushga chiqmagan ayol bilan telefonda suhbatlashgani sabab bo‘ldi. Bu haqda Aamaj News xabar berdi.
“Tolibon” xavfsizlik komissiyasi Ziyoul Haqga qo‘yilgan ayblov o‘z isbotini topgani va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishi kerakligi ma’lum qildi. Universitet direktori telefonda kim bilan va qaysi mavzuda gaplashgani haqida izoh berilmagan. Boshqa tomondan, Balx universiteti Ziyoul Haqning ishdan bo‘shatilishi haqida hali izoh bermagan.
Avvalroq Bomiyon viloyatida “Tolibon” ikki nafar ayol o‘qituvchini kaltaklagandi. Ayollar “Tolibon” harakatining ta’lim vaziri vazifasini bajaruvchisi Habibulla Og‘ozni kutib olgani uchun jazolangan. Hodisadan keyin “Tolibon” ikki o‘qituvchini o‘zi bilan Bomiyondagi xavfsizlik qo‘mondonligiga olib ketgan.
Afg‘onistonda ayollarga nisbatan qo‘llangan taqiqlar
Bungacha afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorlarga borishi, ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi taqiqlagan. Shuningdek, Afg‘onistonda oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi va ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni efirga uzatish taqiqlangan.
Izoh (0)