• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Afg'oniston

    “Tolibon” hukumati 2022–2023-yillarda siyosiy va iqtisodiy sohalarda qanday muhim ishlarni amalga oshirdi?

    Afg‘oniston xalqi 2022-yilni iqtisodiy inqiroz, qashshoqlik va ishsizlik, ISHID guruhining hujumlari va “Tolibon” tomonidan, ayniqsa, ayollarga nisbatan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlar ostida o‘tkazdi. “Daryo”ning Afg‘onistondagi muxbiri “Tolibon” 2022—2023-yillarda siyosiy va iqtisodiy sohalarda qanday ishlarni amalga oshirgani haqida ma’lum qildi.

    Foto: Tasnim

     

    2021-yilning 15-avgustida Afg‘onistonni o‘z nazoratiga olgan “Tolibon” harakati qo‘shni davlatlar, mintaqa va dunyo bilan diplomatik aloqalar o‘rnatib, mustaqil hukumat sifatida tan olinishga harakat qildi, biroq “Tolibon”ning bu urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

    Hozircha hech bir hukumat yoki davlat “Tolibon” muvaqqat hukumatini tan olmagan. Xalqaro hamjamiyat “Tolibon”dan inson huquqlariga mos ijobiy qadamlar kutmoqda.

    Boshqa tomondan, Afg‘onistonga xalqaro yordamning to‘xtatilishi, ISHID guruhining hujumlari va “Tolibon” tomonidan kiritilgan cheklovlar tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz bu mamlakat aholisiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

    Kobulda oilasi bilan yashiringan “Al-Qoida” guruhi rahbari Ayman az-Zavohiriy 2022-yil 31-iyulda Amerika droni hujumida halok bo‘ldi. Ayman az-Zavohiriy o‘ldirilganidan keyin Amerika va “Tolibon” o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashdi. Tomonlar o‘rtasida imzolangan Doha kelishuvida “Tolibon” Afg‘onistonda AQSH va ittifoqchilariga xavf tug‘diruvchi shaxs yoki guruhlarga boshpana bermaslikni zimmasiga olgandi.

    Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng, mamlakatda ishsizlik va qashshoqlik kuchaydi, valyutaning qiymati ham keskin pasayib, chet el yordami to‘xtatildi.
    Afg‘on xalqining iqtisodiy muammolari chuqurlashdi, bank tizimi jiddiy zarar ko‘rdi, bu holat minglab korxonalarning yopilishiga olib keldi, ishsizlik, qashshoqlik va ocharchilik o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi.

    BMT hisobotiga ko‘ra, mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi yordamga muhtoj.
    Qashshoqlik kuchaygani sababli, hatto ayrim odamlar tana a’zolarini sotishga tayyor bo‘ldi.

    2022-yil 10-noyabrda “Tolibon” ayollarning  bog‘lar va sport zallariga kirishini taqiqladi.

    20-dekabrda esa “Tolibon” muvaqqat hukumati Oliy taʼlim vazirligi Afg‘onistondagi barcha davlat va xususiy universitetlarga maktub yo‘llab, ayollarni keyingi qarorga qadar universitetlarda o‘qish huquqidan mahrum etishni buyurdi. Oliy o‘quv yurti va maktablarning eshigi qilar uchun yopilganiga 800 kundan oshdi.

    “Tolibon” hokimiyatga kelishi bilan Afg‘onistonda xavfsizlik ma’lum darajada ta’minlandi, lekin ISHID guruhining xalq, ayniqsa shia va hindularga qarshi hujumlari davom etdi: yil davomida Afg‘onistonda sodir etilgan hujumlarning aksariyati uchun javobgarlikni ISHID o‘z zimmasiga oldi, bu hujumlarda yuzlab insonlar halok bo‘ldi.

    2022-yil aprel oyida Tolibon hukumati Afg‘oniston bo‘ylab har qanday giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar yetishtirish, ishlab chiqarish va iste’mol qilishni taqiqlaganini e’lon qildi. Afg‘onistonda “Tolibon”dan oldingi davrda alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish va sotish rasman taqiqlangan bo‘lsa-da, lekin bu butun mamlakat bo‘ylab yashirin ravishda amalga oshirilgan. Afg‘oniston dunyodagi eng yirik giyohvand moddalar ishlab chiqaruvchisi bo‘lib kelgan.

    Shu bilan birga, “Tolibon” hukumatining muxoliflaridan biri, qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Mas’ud joriy yilda siyosiy va harbiy sohalarda faolroq bo‘ldi. U mintaqa davlatlarini “Tolibon” hukmronligi ostida terrorchilik guruhlari va narkotik moddalar savdosi kuchayishidan ogohlantirdi. Ahmad Mas’udning maqsadi “Tolibon” hukumatini ag‘darish ekani aytiladi. Bir necha hafta oldin u Rossiya, Tojikiston va Norvegiya davlatlari mezbonligida Afg‘onistonning siyosiy kelajagi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi: qarshilik fronti rahbari “Tolibon” hukumatini tan olmaslikka harakat qilmoqda.

    2023-yilda “Tolibon”ning qo‘shni davlatlar va mintaqa bilan siyosiy va iqtisodiy sohalardagi aloqalari bir qancha muammolar va foyda keltirdi.

    “Tolibon” Eron hukumati bilan Hirmanddagi suvga bo‘lgan huquq bo‘yicha kelishmovchilikka borgan va shu paytgacha muammo tubdan hal etilmagan. Eron hukumati har doim “Tolibon” Eronga suv bermayotganidan shikoyat qilib keladi.

    Bu yil Siston-Balujiston yaqinida toliblar Eron harbiylari bilan to‘qnashdi, oqibatda bir necha kishi halok bo‘ldi. “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Abdulhamid Xurosoniy agar “Tolibon” yetakchilari ruxsat bersa, bir hafta ichida Eronni zabt etishini da’vo qildi.

    “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Tojikistonni ham “agar Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatmasa”, mamlakatni bir hafta ichida bosib olishi haqida ogohlantirgan.
    Tojikiston “Tolibon” harakati hukumat tepasiga kelganidan beri Afg‘oniston bilan aloqalarni uzgan: Tojikiston har doim barcha xalqlar vakillari ishtirokida inklyuziv hukumat yaratish va inson huquqlarini hurmat qilishga chaqirib keladi.

    “Tolibon” hukumati O‘zbekiston bilan tijorat sohasida yaxshi munosabatlarga ega bo‘lishiga qaramay, Qo‘shtepa kanalining qurilishi O‘zbekistonni ham norozi qildi.

    Pokiston “Tolibon” hukumatiga “Pokiston toliblari”ni qo‘llab-quvvatlayotganidan noroziligini bildirgan va bir necha bor ogohlantirgan. Hatto Pokiston kuchlari Afg‘onistondagi “Pokiston toliblari”ga qarshi ikki marta harbiy amaliyotlar o‘tkazdi.

    “Tolibon” askarlari Torxam chegarasida bir necha bor Pokiston askarlari bilan to‘qnashdi. Yaqinda Pokiston muvaqqat hukumati afg‘on muhojirlariga mamlakatni tark etish uchun bir oy muddat berdi. Muhlat tugaganidan so‘ng Pokistondan 500 mingdan ortiq afg‘on muhojirlari deportatsiya qilingani aytilmoqda.

    “Tolibon hukumati 2023-yilda iqtisodiy sohalarda muhim qadamlar qo‘ydi, bunga Yevropa va Osiyo mamlakatlariga gazlangan ichimliklar va mevalar eksporti misol bo‘la oladi.

    “Tolibon”ning eng muhim iqtisodiy loyihalaridan biri Qo‘shtepa kanalining qurilishidir.
    Mamlakatda qashshoqlik va ishsizlik avjiga chiqqan bir paytda, “Tolibon” ish o‘rinlari yaratish va Qo‘shtepa kanali qurilishini tugatishga urinmoqda.

    Joriy yilda “Tolibon” hukumati neft qazib olish sohasida bir qancha Xitoy kompaniyalari bilan o‘zaro memorandumini imzoladi. Xitoy kompaniyalari Afg‘onistonning neft konlariga millionlab dollar sarmoya kiritdi, jumladan Sarpul viloyatidagi neft quduqlari, “Tolibon” rasmiylariga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida o‘zini neft bilan ta’minlaydi.

    O‘tgan hafta Panjsher viloyatidagi mahalliy “Tolibon” rasmiylari amerikalik tadbirkor ushbu viloyatdagi zumrad konlarini qazib olish uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash uchun qariyb o‘n million dollar sarmoya kiritishga va’da berganini ma’lum qildi.

    Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” hukumati Afg‘onistonning xavfsizlik va iqtisodiy sohalarida sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramay, ayollarning ta’lim olishiga cheklovlar qo‘ygan va inson huquqlarini buzganlikda ayblanmoqda. Shu bois Tolibon hukumati hech qaysi davlat tomonidan tan olinmagan.

    12.12.2023, 18:50   Izoh (0)   7925
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tramp Xitoyni kuzatish uchun “Tolibon” bilan bitim tuzmoqchi

    19.11.2023, 20:23

    BMT “Tolibon” bilan hamkorlik qilish shartini ma’lum qildi 

    23.11.2023, 20:39

    “Tolibon” dunyo davlatlaridan Afg‘onistonning tog‘-kon sanoatiga sarmoya kiritishni so‘radi

    11.12.2023, 12:45

    “Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanalidan katta hajmda suv sizib chiqdi, u atrofdagi hududlarga tarqalmoqda (foto) 

    12.12.2023, 16:50

    Amerikalik tadbirkor Afg‘onistondagi zumrad koniga 10 mln dollar sarmoya kiritadi

    04.12.2023, 10:38

    Eron Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish ko‘payganini ma’lum qildi

    03.12.2023, 22:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi bitta davlat sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kelisha olmadi

    Dunyo | 16 iyul, 09:53

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Eyfel minorasi ustidagi dronlar va mushakbozlik shousi kadrlari internetni zabt etdi (video)

    Layfstayl | 16 iyul, 09:44

    “Real Madrid” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni taklif qildi

    Sport | 16 iyul, 09:29

    Qashqadaryoda ikki ayol daryoda cho‘kib halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 09:25

    Isroil druzlarni “himoya qilish” uchun Suriya armiyasiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 16 iyul, 09:16

    Putin o‘z shartlari bajarilmaguncha urushni davom ettiradi — Kreml manbalari

    Dunyo | 16 iyul, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.