Daryo

“Tolibon” ayollar ovozi eshitilgan reklamalarni taqiqladi 

Taqiqni buzganlarga jiddiy chora ko‘rish bilan tahdid qilinmoqda

1 daqiqa o‘qish10 606 ko‘rishlar0 izoh0

“Tolibon”ning G‘azni viloyatidagi Axborot va madaniyat boshqarmasi barcha ommaviy axborot vositalarini ayollar ovozi bilan yozilgan tijoriy e’lonlarni efirga uzatmaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: BMTning Afg‘onistonga yordam berish missiyasi matbuot xizmati

Ishonchli manbalar “Tolibon” mahalliy OAVlarini, agar ular bu tartibni buzsa, ularga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirganini aytdi. G‘azni viloyatida dastur paytida ayollarga qo‘ng‘iroq qilishga ham taqiq qo‘yilgan. Hozirda viloyat ommaviy axborot vositalarida ishlovchi ayollar taqiq ortidan uyda ekani aytilmoqda.

Bu “Tolibon” tomonidan 2021-yil avgustida hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri joriy qilingan cheklovlar qatoridagi eng so‘nggisidir. Bungacha afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorlarga borishi, to‘yxonalar faoliyati, ayollarning universitet va maktabda ta’lim olishi, ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi taqiqlagan. Shuningdek, Afg‘onistonda oilalar va ayollarning bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishi taqiqlangan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar