Daryo

“Tolibon” erkaklarga ayollar uchun kiyim tikishni taqiqladi 

Taqiq tufayli erkak tikuvchilar do‘konlarini yopmoqda, ularning ayrimlari mamlakatni tark etgan

1 daqiqa o‘qish14 096 ko‘rishlar0 izoh0

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda erkak tikuvchilarga ayollar uchun kiyim tikishni taqiqladi. Bu haqda Tolo News xabar berdi.

Foto: New Internationalist

Ma’lum qilinishicha, bu jabrlangan tikuvchilarning keng noroziligiga sabab bo‘lgan. Mahalliy manbalar faqat ayollarga xizmat ko‘rsatadigan tikuvchilarning aksariyati ushbu taqiq tufayli o‘z do‘konlarini yopishganini xabar qildi. Tikuvchilar uyushmasi vakillari cheklovlar tufayli ish o‘rinlari qisqarishi va ayrim tikuvchilar hatto mamlakatni tark etishga majbur bo‘lganini aytdi. Bunda Parvon viloyati ko‘proq zarar ko‘rdi, tikuvchilar cheklovlarga qarshi chiqdi.

“‘Tolibon’ ayollar kiyimlarini hali ham tikish mumkinligini aytgan bo‘lsa-da, ayollarning o‘lchamini olish taqiqlangan”, — deydi “Tolibon” rasmiysi Hikmatulla Shamima.

Avvalroq “Tolibon” harakati Afg‘onistonning Balx viloyatida davlat va xususiy shifoxonalar hamda boshqa sog‘liqni saqlash markazlarida ishlaydigan erkaklarga ayol bemorlarni, ayol shifokorlarga esa erkak bemorlarga xizmat qilmaslikni buyurgandi. Ayollarga SIM karta sotib olish, istirohat bog‘iga tashrif buyurish ham taqiqlangan. Yevropa Ittifoqi esa “Tolibon”ning ayollarga nisbatan yangi cheklovlarini qoralagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar