Angliya Premyer Ligasi 2-turi doirasidagi “Manchester Siti” hamda “Tottenhem” jamoalari o‘rtasidagi bahs 23-avgust, shanba kuni Manchester shahridagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisob 35-daqiqada ochildi. Risharlison chap qanotdan boshlab bergan hujumni Brennan Jonson gol bilan yakunladi va “Tottenhem”ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunida “Manchester Siti” darvozaboni Jeyms Trafford va himoyachilar o‘rtasidagi tushunmovchilikdan so‘ng “shporlar” ikkinchi bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu safar Joau Palinya o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
O‘yinning qolgan daqiqalari ham kurashlarga boy bo‘ldi, biroq hisob o‘zgarmadi. Ushbu g‘alabadan so‘ng “Tottenhem” ochkolarini 6 taga yetkazib, onlayn turnir jadvalida 1-o‘ringa chiqib oldi. 3 ochkoga ega “Manchester Siti” esa hozircha 5-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ushbu bahsda maydonga tushmadi.
Angliya Premyer Ligasi
2-tur
23-avgust, shanba
“Manchester Siti” — “Tottenhem” 0:2
Gollar: 0:1 — Jonson (35), 0:2 — Palinya (45+2)
Izoh (0)