Daryo

Afg‘onistonda ayollarning restoranda ovqatlanishi bo‘yicha taqiq kiritildi

Taqiq diniy ulamolar va jamoatchilik vakillarining shikoyati sababli qabul qilingan

1 daqiqa o‘qish16 008 ko‘rishlar0 izoh0

Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Hirot viloyatida “Tolibon” harakati oilalar va ayollarga bog‘lari yoki yashil hududlari bo‘lgan restoranlarga kirishni taqiqladi. Bu haqda Times of India xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ismi oshkor etilmagan rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, bu choralar diniy ulamolar va jamoatchilik vakillarining bunday joylarda jinslar aralashuv haqidagi shikoyatlaridan keyin qabul qilingan. “Tolibon” taqiqqa jinslarning aralashib ketgani va ayollarning noto‘g‘ri hijob o‘rashi sababli ekanini bildirdi.

Hozircha ochiq havoda ovqatlanishni taqiqlash faqat Hirotdagi muassasalarga tegishli. Mazkur taqiq erkaklarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Bu “Tolibon” tomonidan 2021-yil avgustida hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri joriy qilingan cheklovlar qatoridagi eng so‘nggisidir. Bungacha afg‘onistonlik ayollarning BMT idoralarida ishlashi, erkaklarga ayollar uchun kiyim tikish, ayollarning erkak shifokorlarga borishi, to‘yxonalar faoliyati, ayollarning universitet va maktabda ta’lim olishi, ayollarning shifoxonaga yolg‘iz borishi va ularning istirohat bog‘iga tashrif buyurishi taqiqlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar