• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Qozog‘iston

    Qozog‘istonda AES qurish taxminan qanchaga tushishi ma’lum qilindi

    Qozog‘iston Energetika vazirligi atom elektr stansiyasini qurish mamlakat budjetiga milliardlab dollarga tushishi mumkinligini ma’lum qildi. LS aniqlik kiritishicha, AES qurish qiymati loyihani amalga oshirish modeli, moliyalashtirish shartlari, texnologiya, stansiya quvvati, joylashuvi va boshqa ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi.

    “Jahon tajribasiga ko‘ra, ikki blokli yuqori quvvatli AESni qurish qaror qabul qilingan paytdan boshlab taxminan 10-11 yil ichida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, dunyoda qurilgan shunga o‘xshash stansiyalarning narxi taxminan 10-12 milliard dollarni tashkil etgan”, — deya tushuntirdi Qozog‘iston Energetika vazirligi.

    Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, AES qurishning aniq muddati va narxi reaktor texnologiyasi tanlanganidan so‘ng, kelasi yil oxirigacha maʼlum bo‘ladi. Bundan kelib chiqadiki, AESni ishga tushirish 2035-yildan oldin amalga oshmaydi.

    Mutaxassislar tahliliga ko‘ra, agar stansiya ko‘l qirg‘og‘ida qurilsa, u holda atom elektr stansiyasi ishlaganda suvning qaytarib bo‘lmaydigan yo‘qotishlari tabiiy bug‘lanish yo‘qotishlariga nisbatan kamroq bo‘ladi. Masalan, 2021-yilda Balxash ko‘lida 18,9 kub kilometr suv bug‘langan. Shunga ko‘ra, ikki blokli atom elektr stansiyasini ishga tushirishda suv sarfi yiliga qariyb 63 million kub kilometrni tashkil qiladi, bu barcha ko‘l yo‘qotishlarining 0,32 foizini tashkil qiladi.

    “Ayni paytda ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish ustida ishlanmoqda. Jahon ishlab chiqaruvchilarining bozorda mavjud bo‘lgan reaktor texnologiyalari xavfsizligini tahlil qilish Xalqaro atom energiyasi agentligining xavfsizlik standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qozog‘istonda atom elektr stansiyalarini qurish uchun shunga o‘xshash stansiyalarni qurish va muvaffaqiyatli ishlatish tajribasi bo‘yicha sinovdan o‘tgan 3 va 3+ avloddagi bosimli suvga ega yengil suv reaktorlari ko‘rib chiqilmoqda”, — deya ta’kidladi Energetika vazirligi.

    Ma’lum qilinishicha, Qozog‘iston potensial yetkazib beruvchilar sifatida CNNC (Xitoy), “Rosatom” (Rossiya), KHNP (Janubiy Koreya) va EDF (Fransiya) kompaniyalarini ko‘rib chiqmoqda. Hozir ular bilan atom elektr stansiyasini qurish uchun taklif etilayotgan shartlarni muhokama qilish uchun chuqur muzokaralar olib borilmoqda.

    Eslatib o‘tamiz, 1-sentyabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston xalqiga murojaatnomasida mamlakatda AES qurish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilishini maʼlum qilgandi. Biroq tadbirning aniq sanasi va matni hali belgilanmagan.

    13.10.2023, 16:25   Izoh (0)   10009
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qozog‘iston “Rosatom” bilan AES qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

    27.12.2021, 15:57

    “Rosatom” O‘zbekistonda birinchi AES qurishni rejalashtirmoqda

    08.06.2023, 22:27

    Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qildi

    02.09.2023, 12:30

    Qozog‘iston O‘zbekistonga neft yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi

    11.10.2023, 19:22

    Qozog‘istonda jiddiy suv tanqisligi kuzatilishi mumkin

    10.10.2023, 20:30

    Qozog‘istonda mudofaa korxonalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi yaratiladi

    04.10.2023, 15:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Sun’iy intellekt 2 ta superbakteriyaga qarshi antibiotik yaratdi

    15 avgust, 12:02

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    OCHL 2 musobaqasiga qur’a tashlandi. “Andijon”ga Qatar, Bahrayn va Turkmaniston klublari raqiblik qiladi

    Sport | 15 avgust, 13:06

    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki

    Reklama | 15 avgust, 12:00

    Janubiy Koreya prezidenti KXDR bilan “harbiy ishonch” o‘rnatmoqchi

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    “Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz bo‘lish ehtimoli 25 foiz” — Tramp

    Dunyo | 15 avgust, 12:53

    Qoraqalpog‘iston Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:41

    Yevropa ittifoqi Isroilni yangi aholi punktlari qurilishini to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 15 avgust, 12:35

    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi

    Reklama | 15 avgust, 10:30

    Dam olish kuni O‘zbekistonga nisbatan salqin havo kirib keladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 12:17

    “Yuventus” hujumchisiga “Barselona” va “Nyukasl” da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 15 avgust, 12:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.