• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘iston “Rosatom” bilan AES qurish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda

    Qozog‘iston atom elektr stansiyasi (AES)ni qurish masalasini ko‘rib chiqmoqda, dedi “Astana” xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi G‘ayrat Kelimbetov “Kommersant”ga bergan intervyusida.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Qozog‘iston hukumati hozir 70 foizi ko‘mirga qaram bo‘lgan energetika sanoatini dekarbonizatsiya qilish (ugleroddan foydalanishni kamaytirish) niyatida. Qozog‘iston noyabrda Glazgoda bo‘lib o‘tgan COP26 iqlim sammitida bir qator majburiyatlarni zimmasiga olgan.

    Mamlakatda 2030-yilga kelib CO2 gazlari ajralib chiqishini 15 foizga kamaytirish, 2060-yilga kelib esa uglerod neytralligiga erishish rejalashtirilgan. Iqlim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarish uchun Qozog‘iston bir necha yo‘nalishda qadamlar tashlaydi, deydi Kelimbetov.

    Ko‘mirga qarshi atom

    Xususan, qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya jalb etish — muhim qadamlardan biri. Biroq quyosh va shamol elektr stansiyalari ko‘mir o‘rnini to‘liq bosa olmaydi, dedi “Kommersant” suhbatdoshi.

    “Bizga qayerdadir gaz zarur, bu masalada ‘Gazprom’ (Rossiya kompaniyasi) bilan hamkorlik qilyapmiz, lekin, katta ehtimol bilan, Qozog‘iston atom elektr stansiyasini qurishi kerak bo‘ladi. Bu borada hozirdanoq, jumladan, ‘Rosatom’ (Rossiya davlat kompaniyasi) bilan ham muzokaralar olib bormoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi Kelimbetov.

    Unga ko‘ra, Qozog‘iston ko‘mirga muqobil boshqa energiya manbalarini qidirmoqda. Birlashgan Arab Amirliklari bilan qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish yuzasidan qo‘shma loyihalar bo‘yicha qaror qabul qilingan. 2 GVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalarini yaratish rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari, Qozog‘iston 10 ta shahardagi ko‘mir elektr stansiyalarini gazga o‘tkazmoqda. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rolini 3 foizdan 15 foizga, gaznikini 20 foizdan 38 foizga oshirish rejalashtirilgan, dedi Kelimbetov.

    Atom energetikasiga ijobiy tomondan qaralsa, uning rivojlanishi elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirning ulushini yanada kamaytirishga yordam beradi.

    Ko‘mirdan voz kechishdan tashqari, dekarbonizatsiya elektr energetikasi uchun neft va gaz eksportidan daromad olishning eski modelini yangi iqtisodiyotning yangi roli bilan almashtirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga, elektr energiyasi tariflarining oshishi kutilmoqda, dedi moliyaviy markaz boshqaruvchisi.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, tariflarning ko‘tarilishi “aholi va sanoat uchun yaxshi yangilik emas”, iqtisodiyotning raqobatbardoshligi esa pasayishi mumkin. “Ammo bu haqiqat”, deb xulosa qildi Kelimbetov.

    U shuningdek, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlariga umumiy energetika makonini tiklashni taklif qildi. Bunday harakat mavsumiy elektr energiyasi taqchilligi muammosini hal qilishga yordam beradi, deya qo‘shimcha qildi u.

    1973—1999-yillarda Qozog‘istonning Aqtau shahrida 350 MVt quvvatga ega atom elektr stansiyasi ishlagan, hozirda u elektr tarmog‘idan uzilgan. Mustaqillik yillarida yangi AES qurish bo‘yicha takliflar bir necha bor ilgari surildi.

    Biroq takliflar jamiyat, xususan, yadroviy sinovlardan jabrlangan shaxslarning tashkilotlari tomonidan qarshilikka uchragan. Bundan tashqari, ko‘plab qozog‘istonliklar kelajakda O‘zbekistonda AES qurilishi mumkinligidan ham xavotir bildirgan.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2021-yil noyabr oyida hukumat ertami kechmi AES qurish bo‘yicha bir qarorga kelishini ma’lum qilgan edi. Mamlakatda elektr energiyasi taqchilligining dastlabki belgilari allaqachon sezilmoqda, deya qo‘shimcha qilgan u.

    Qozog‘iston Milliy farovonlik jamg‘armasi rahbari Almasadam Satkalievning so‘zlariga ko‘ra, yangi AESni qurish uchun eng qulay joy – Balxash ko‘li bo‘yidagi Olmaota viloyatining Ulken shaharchasi.

    Mavzuga doir:

    • “O‘zbekiston AES qurish uchun, kerak bo‘lsa, Qozog‘istonning ruxsatini olsin. Ana, Farg‘onasi bor — o‘sha yerga qurmaydimi?”. Tarazliklar O‘zbekistonda AES qurilishiga norozilik bildirdi
    • Qozog‘iston energetika vaziri: AES masalasida xalq fikrini bildirishi kerak. Agar aholi yo‘q desa, hech narsa qurilmaydi
    • Qozog‘iston fuqarolari mamlakatda AES qurilishiga qarshi chiqmoqda

    27.12.2021, 15:57   Izoh (0)   23369
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bangkokda koronavirus sabab ommaviy Yangi yil tadbirlarini o‘tkazish bekor qilindi

    27.12.2021, 15:35

    Janubiy Amerikada suv toshqinlari: o‘nlab qurbonlar bor

    27.12.2021, 13:55

    “Rossiya hech qachon hech kimga birinchi bo‘lib hujum qilmagan” — Dmitriy Peskov

    27.12.2021, 13:10

    Olimlar koronavirus oylab inson organlarida tarqalishi mumkinligini aniqladi

    27.12.2021, 11:40

    OAV: yanvar oyida NATO—Rossiya yig‘ilishi hamda Ukraina masalasida Germaniya—Rossiya vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi

    26.12.2021, 18:48

    Qirg‘izistonning Tojikiston bilan chegarasida yana keskinlik yuzaga keldi

    26.12.2021, 17:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.