Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov mamlakatdagi barcha guruhli suv taʼminoti tizimlarining 45 foizini tashkil etuvchi Qizilo‘rda viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati. U viloyat mahalliy suv infratuzilmasining muhim obyektlari bilan tanishdi.
Nurjon Nurjigitov viloyatda suv taqchilligini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi, korxona xodimlari va mutaxassislar bilan bu borada fikr almashdi. Vazirning taʼkidlashicha, hozir ular Qizilo‘rda viloyati aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlashning uddasidan chiqmoqda, biroq viloyatda ko‘p narsa fuqarolarning o‘ziga bog‘liq.
“Ichimlik suvidan noto‘g‘ri foydalanilmoqda, bu esa yaqin kelajakda taqchillikka olib kelishi mumkin. Davlat rahbari bir necha bor taʼkidlaganidek, Qozog‘iston 2050-yilga borib suvga juda muhtoj davlatlardan biriga aylanishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun mavjud resurslarni o‘ta oqilona sarflash, aholi o‘rtasida faol ma’rifiy ishlarni olib borish muhim”, — dedi Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov
Bundan tashqari, suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri suv xo‘jaligi xodimlarining ish haqini oshirish masalasi ustida ishlashga tayyor ekanini maʼlum qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kazvodxoz” Qozog‘istonda sug‘orish suvi ikki baravar qimmatlashishi mumkinligi haqida xabar bergandi. Nobel mukofoti sovrindori, birinchi iqlim va barqarorlik eksperti Rae Kvon Chung esa Qozog‘istonga suv tanqisligining oldini olish uchun “Yashil tarif” joriy etishni taklif qilgan.
Izoh (0)