Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatining nomi e’lon qilindi. 2023-yilda mukofotni eronlik huquq himoyachisi Nargis Muhammadi oladi.
Muhammadi uzoq yillardan beri Eronda ayollar huquqlari uchun kurashib kelgan va bir necha bor qamoqqa tashlangan. U hozir ham hibsda saqlanmoqda.
2022-yilda Tinchlik bo‘yicha mukofot uch mamlakat huquq himoyachilariga berilgandi: Rossiyadan “Memorial”, Ukrainadan “Fuqarolik erkinliklari markazi” tashkilotlari va belaruslik huquq himoyachisi Ales Bialatskiyga.
Tinchlik bo‘yicha Nobel g‘oliblari an’anaviy tarzda Stokgolmda emas, balki Osloda e’lon qilinadi.
Hafta boshidan buyon tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo va adabiyot yo‘nalishlari bo‘yicha 2023-yil uchun Nobel mukofoti laureatlari nomi e’lon qilindi.
Iqtisod bo‘yicha Nobel kimga berilishi hozircha maʼlum. G‘olibning ismi 9-oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Izoh (0)