Stokgolmda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.
Mukofot Pyer Agostini, Ferents Krauz va Ann L’Yuilyega “moddadagi elektronlar dinamikasini o‘rganishda attosekundli yorug‘lik impulslarini hosil qiluvchi eksperimental metodlar uchun” berildi.
“Atto-” prefiksi o‘lchov birligining 10⁻¹⁸ kuchiga to‘g‘ri keladi; attosekund juda qisqa vaqt oralig‘i bo‘lib, unda hatto yorug‘lik ham mikroskopik masofalarni bosib o‘tadi. Bunday davomiylikdagi lazer chaqnashlari materiyaning harakatlarini batafsil o‘rganish imkonini beradi — bu kabi tajribalar ilgari imkonsiz bo‘lgan.
2022-yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Alen Aspe, Jon F. Klauzer va Anton Saylingerga “kvant maʼlumotlarini uzatish bo‘yicha tadqiqotlari uchun” berilgandi.
Stokgolmda 4-oktyabr kuni kimyo, 5-oktyabrda adabiyot, 6-oktyabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureatlari nomi e’lon qilinadi.
Shvetsiya banki tomonidan 1968-yilda ta’sis etilgan Alfred Nobel mukofotining iqtisod bo‘yicha sovrindori nomi 9-oktyabr kuni e’lon qilinadi.
Nobel haftaligida birinchi bo‘lib tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha mukofot sohiblari nomi eʼlon qilindi. 2023-yilda mukofot Katalin Kariko va Dryu Vaysmanga “COVID 19 ga qarshi vaksinalar yaratish imkonini bergani mRNK sintezi texnologiyasi uchun” berildi.
Izoh (0)