Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan, Uyg‘un G‘afurov O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori lavozimiga tayinlandi.
Uyg‘un G‘afurov bundan avval Toshkent islom instituti rektori, shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Davlat rahbarining maxsus topshirig‘i va tegishli qaroriga asosan 2021-yil 25-maydan beri prezidentning din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov bir vaqtda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajarib kelayotgan edi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoniga binoan 2018-yilning aprelida tashkil etilgan.
Izoh (0)