Daryo

Navoiy viloyatidagi sport majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan

1 daqiqa o‘qish24 104 ko‘rishlar0 izoh0

Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan sport majmuasida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, 29-sentyabr kuni NKMK jamg‘armasi davlat muassasasi Uchquduq hududiy boshqarmasiga qarashli “Yoshlar” sport zalida yong‘in kelib chiqqan bo‘lib, u to‘liq bartaraf etilgan.

“Yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan va talafot yetkazilmagan. Tegishli mutaxassislar tomonidan yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar aniqlanib, tegishli barcha choralar ko‘riladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 28-sentyabr kuni tunda Toshkent shahri Sergeli tumanidagi “Quruvchilar” dahasida Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kuchli portlash va yong‘in sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 kishini tashkil etdi, bir nafar o‘smir hodisa oqibatida vafot etdi. Mazkur holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar