• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Tomoshabinlarni ekran qarshisiga “mixlab” qo‘ygan eng qiziqarli turk seriallari

    Bugungi kunda turk seriallari olamida har xil janrlarda suratga olingan juda ko‘plab loyihalar mavjud. Biroq ularning barchasi ham tomoshabinni faqat o‘ziga jalb eta olish bilan cheklanmay, e’tiborini butun davomiyligi mobaynida saqlab qola olmaydi. Ammo ayrim seriallar bor-ki, ularning har bir epizodi muxlislar tomonidan sabrsizlik bilan kutilgan, syujet esa tomoshabinni ekrandan uzoqlashtirmagan. Ushbu maqolada oxirigacha tomoshabinlar e’tiborini yo‘qotmagan turk seriallari haqida so‘z boradi.

    Foto: kp.ru

    “Adolat”(2021)

    Foto: Serialdan kadr

    “Kinopoisk”da reytingi 8.8 ball

    Prokuror Ilg‘oz Kaya hamda advokat Jaylin Erguvanning hikoyasi oddiy turk seriallaridan biri bo‘lib qolishi mumkin edi. Ilg‘oz kichik ukasining aybsizligiga ishonib, uni qamoqdan qutqarish uchun aynan Jaylin uni himoya qilishini so‘raydi. Ammo birgalikda ishlash jarayoni kutilmagan natijalarga olib keladi va ko‘plab insonlarning hayotini tubdan o‘zgartiradi. Ajoyib ssenariy mualliflari, aktyorlarning mahoratli o‘yinlari va butun suratga olish jamoasining mehnati tufayli bu serial turk seriallari orasida haqiqiy hitga aylangan. Bu yerda sevgi va nafrat, xiyonat va do‘stlik, intriga va cheksiz, mutlaqo kutilmagan syujet burilishlari mavjud. Serialning eng muhim xususiyati shundaki, har bir keyingi mavsumda voqealar yanada dinamik tus oladi. Kinolenta prodyuserlari esa asosiy ishni uddaladi — voqealarni mantiqan va o‘z vaqtida yakunlab, serialni to‘rtinchi mavsumga cho‘zish bilan buzishmadi.

    Asosiy rollarda: Pinar Deniz, Kaan Urganjio‘g‘lu, Ugur Aslan va boshqalar.

    “Chuqur” (2016)

    Foto: Serialdan kadr

    “Kinopoisk”da reytingi 86 ball

    “Chuqurda shoh bo‘lish mumkin emas, faqat ota bo‘lish mumkin” — bu so‘zlar Idris ota tomonidan aytilgan bo‘lib, serialning har bir muxlisi uchun tanishdir. Chuqur — Istanbulning tumanlaridan biri bo‘lib, u yerda hamma narsani Kochovali oilasi boshqaradi. Bu oddiy mafiya klani emas, balki katta oila hisoblanadi. Bu yerda yagona qoida bor — man etilgan moddalarning savdosi qat’iyan taqiqlanadi. Ammo bir kuni yangi guruh paydo bo‘ladi, u esa ushbu taqiqni buzmoqchi va Chuqur tumanini o‘z nazoratiga olishni xohlaydi. Shu vaqt ichida Idrisning kichik o‘g‘li Yamach, qiz do‘sti bilan uyga qaytadi. Albatta, ular endi osoyishta va baxtli hayotni unutishi kerak bo‘ladi. Bu qiziqarli turk serialining yagona kamchiligi shundaki, undan keyin shunday darajada tomoshabinni o‘ziga jalb etadigan yangi serial topish qiyin. Har bir yangi epizod muxlislar tomonidan katta intizorlik bilan kutib olindi va bu aslo ajablanarli emas.

    Asosiy rollarda: Aras Bulut Iynemli, Erkan Kolchak Ko‘stendil, Riza Kochao‘g‘lu va boshqalar.

    “Ertug‘rul” (2014)

    Foto: Serialdan kadr

    “Kinopoisk”dagi reytingi: 8,5

    Bu tarixiy serial turk seriallari muxlislari uchun juda yaxshi tanish. Aynan ushbu serial o‘z vaqtida dunyoning turli mamlakatlarida katta mashhurlikka erishib, Ginnes rekordlar kitobiga ham eng yaxshi drama asari sifatida kiritilgan. Ko‘p qismli kinokartinada Usmoniylar imperiyasining asoschisi va Usmon G‘ozining otasi buyuk Ertug‘rulning hayoti hikoya qilinadi. Dinamik syujet, yuqori mahoratdagi aktyorlik va tarixiy faktlar bilan badiiy tasavvurning uyg‘unligi “Ertug‘rul”ni eng ta’sirli turk tarixiy seriallari qatoriga olib chiqdi.

    Asosiy rollarda: Engin Altan, Hyulya Darjan, Jengiz Joskun va boshqalar.

    “Quyoshni kutib” (2013)

    Foto: Serialdan kadr

    “Kinopoisk”dagi reytingi: 8,4

    Mazkur serial 2013-yilda taqdim etilgan bo‘lib, Kerem Byursinning butun dunyo bo‘ylab tanilishiga sabab bo‘lgan asar hisoblanadi. Melodrama qisqa vaqt ichida reytinglar cho‘qqisiga chiqdi, bunga esa sifatli syujet va aktyorlarning zo‘r o‘yinlari sabab bo‘ldi. Serialning syujeti dastlab oddiydek ko‘rinadi. Yigit va qizning birinchi uchrashuvi yoqimli bo‘lmagan bo‘lsa-da, chin dildan sevish uchun bu hech qanday to‘siq emas. Serial faqat sevgi haqida emas, balki maktabdagi zo‘ravonlik, oila muammolari va kollej talabalari orasidagi yolg‘izlik kabi mavzularni ham yoritadi. Barcha mavzular oqilona hamda muvofiq tarzda bog‘langan bo‘lib, buning uchun syujet mualliflariga alohida minnatdorlik bildirish kerak. Hali ham Kerem Byursin muxlislari ushbu serialni uning eng yaxshi ishlari deb hisoblashadi va ko‘pincha qayta ko‘rishadi.

    Asosiy rollarda: Kerem Byursin, Xande Doandemir, Emre Kinay va boshqalar.

    “Taqiqlangan sevgi” (2008)

    Foto: Serialdan kadr

    “Kinopoisk” reytingi: 8,3

    Bihter va Behlulning ta’qiqlangan va fojiali sevgi hikoyasi har bir tomoshabinga o‘z sabog‘ini berdi. Kimdir Bihterni ayblasa, boshqalar Behlulning zaifligi va shubhalarini sabab qilib ko‘rsatishadi. Romanning ekranlashtirilgan versiyasi katta muvaffaqiyat qozondi hamda hozirgacha turk televideniyasida muvaffaqiyatli efirga uzatilmoqda.

    Asosiy rollarda: Beren Saat, Kivanch Tatlitug‘ Selchuk Yontem va boshqalar.

    “Ijaraga olingan sevgi” (2015)

    Foto: Serialdan kadr

    “Kinopoisk” reytingi: 8,3

    Turkiyaning eng mashhur va yuqori reytingga ega romantik komediyalaridan biri hozirgacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Barish va Elchin tandemiga tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan katta maqtovlar yog‘dirilgan. Oson hmada sodda ko‘ringan syujet millionlab tomoshabinlarni o‘ziga jalb qildi va ularni ekrandan uzmay qoldi. Omer va Defnening hikoyasi kimlar uchun romantik, kimlar uchun kulgili, ba’zilar uchun esa Zulayho haqidagi ertakdek bo‘lib, har bir qahramon hayotdan muhim saboq oldi. Har holda, bugungi kunda ham turk seriallari muxlislari ushbu hitni yaxshi ko‘rib, qayta-qayta tomosha qiladi.

    Asosiy rollarda: Elchin Sangu, Barish Arduch, Salih Bademchi va boshqalar.

    “Sevgi iztirobi” (2015)

    Foto: Serialdan kadr

    “Kinopoisk” reytingi: 8,2

    Emmi mukofoti bilan taqdirlangan madaniy turk drama seriali alohida tanishtirishni talab qilmaydi. Amir, Nihon va Kamol orasidagi sevgi uchburchagi barcha turk seriallari muxlislari uchun juda mashhur. Tomoshabinlar yangi epizodlarni katta intizorlik bilan kutib, bu hikoyaning baxtli yakuni bo‘lishini orzu qilishgan, ammo bu ro‘y bermagan. Go‘zal, ammo qayg‘uli sevgi hikoyasi, qiziqarli syujet, chiroyli musiqalar va suratga olish joylari — bularning barchasi “Sevgi iztirobi” serialidadir. Lekin serialning eng katta yutug‘i — bosh va yordamchi rollardagi aktyorlarning ajoyib o‘yinlari hisoblanadi.

    Asosiy rollarda: Neslihan Atagul, Kaan Urganchio‘g‘lu, Burak O‘zchivit va boshqalar.

    2 avgust, 13:25   Izoh (0)   762
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Kino#serial#Turkiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.