Ilhom To‘xtasinov O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda Telegram’dagi “Davlat boshqaruvi” kanali xabar berdi.

Ilhom To‘xtasinov mehnat faoliyatini 2010-yilda boshlagan bo‘lib, o‘tgan yillar davomida katta o‘qituvchi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan. U 2016-yildan beri Samarqand davlat chet tillar instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Bundan oldin universitetga 2020-yildan beri Ulug‘bek Azizov rektorlik qilib kelayotgan edi.
Shuningdek, Jahongir Qarshiboyev Guliston davlat pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u mazkur universitetda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritgan.
Avgust boshlarida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan to‘rtta oliy ta’lim muassasalariga rektorlar lavozimga tayinlangan edi.
Izoh (0)