• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Garri Potter” aktyorlarining taqdiri: Xogvartsdan keyingi hayot qanday kechmoqda?

    Joan Rouling tomonidan yozilgan “Omon qolgan bola” haqidagi ertak yozuvchini bir kechada superyulduzga aylantirdi. Uning asosida suratga olingan filmlar esa butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar tomonidan ko‘rilgan. Ushbu maqolada Roulingning 60 yoshga va Garri Potterning 45 yoshga to‘lgani munosabati bilan, film tugaganidan so‘ng (2011-yildan keyin) yosh aktyorlar mashhurlik bilan qanday kurashgani va hayotda o‘z o‘rnini qanday topgani haqida so‘z boradi.

    Foto: play-lh.googleusercontent.com

    Daniel Redkliff

    Foto: duet-cdn

    Garri Potter rolini ijro etgan Daniel Redkliff ko‘plab hamkasblari kabi suratga olish maydonchasida ulg‘aydi. U kino sanoatiga 2001-yilda, “Hikmatlar toshi” filmi orqali kirib kelgan edi. Ammo 2011-yilda Potter filmlarining suratga olinishi yakunlangach, u yosh sehrgar obrazidan uzoqlashishga qat’iy kirishdi va o‘z aktyorlik faoliyatini noodatiy rollar bilan boyitdi. Shuning uchun Redkliffni “Qora libosli ayol” mistik trillerida, “Akimbo qurollari” komedik jangovar filmida hamda mashhur “Mo‘jizakorlar” serialida ko‘rish mumkin.

    2012-yilda u Mixail Bulgakovning hikoyalar to‘plamiga asoslangan “Yosh shifokorning qaydnomalari” mini-serialida bosh rolni ijro etdi. Qiziq tomoni shundaki, Daniel Redkliff rus yozuvchisi Bulgakovni o‘zining eng sevimli muallifi deb bir necha bor ta’kidlagan. Shuningdek, u teatr sahnasida ham o‘zini sinab ko‘rdi va “Ekvus” hamda “Biznesda hech narsa qilmasdan qanday muvaffaqiyatga erishish mumkin” kabi spektakllardagi ishtiroki bilan tanqidchilar va tomoshabinlarni hayratda qoldirdi.

    Kameralar ortida esa Redkliff oson hayot kechirmadi — u o‘smirlik chog‘idayoq alkogolizm bilan kurashishga majbur bo‘lgan. Biroq u bu og‘ir sinovlarni yengib o‘ta oldi va baxtli oilaviy hayot quroldi. 2020-yilda Daniel aktrisa Erin Darkga uylangan — ular “Sevganlaringni o‘ldir” filmi suratga olinayotganda tanishgan. 2023-yilda esa juftlikning o‘g‘li — Aaron dunyoga keldi.

    Rupert Grint

    Foto: assets.teenvogue

    Garri Potterning sodiq va mehribon do‘sti Ron Uizli roli Rupert Grintga dunyo miqyosida shuhrat keltirdi. Ammo Potter filmlaridan so‘ng aktyor faoliyatida tanaffus olishga va omma e’tiboridan chetda bo‘lishga qaror qildi. Katta miqdordagi gonorar evaziga u bolalikdagi orzusini amalga oshirdi — muzqaymoq furgoni sotib olib, ko‘chalarda yurib, bolalarni bepul muzqaymoq bilan siyladi.

    Oradan ko‘p o‘tmay, Grint yana kinoga qaytdi va mustaqil filmlarda o‘zini sinab ko‘rdi: 2013-yilda u “Xavfli illyuziya” nomli festival dramasi, 2015-yilda esa “Oy firibgarligi” komediyasida rol o‘ynadi. So‘nggi yillarda u televizion loyihalarda ham faol ishtirok etmoqda: masalan, M. Nayt Shyamalanning “Xizmatkorlar uyi” qo‘rqinchli seriali va Gilyermo del Toroning “Noyob buyumlar kabineti” antologiyasida.

    Grint yulduzlikdan yiroq, oddiy hayot kechiradi. Uning aytishicha, u kasbiy faoliyat bilan oilaviy hayot o‘rtasida muvozanat topishga intiladi. 2018-yilda Rupert uzoq yillik sevgan qizi — aktrisa Jorjiya Grumga uylangan. Ikki yil o‘tib, juftlikning qizi tug‘ildi. Unga noodatiy ism qo‘yildi — Uensdey.

    Emma Uotson

    Foto:media.glamourmagazine.co.uk

    Aqlli va topqir Germiona Greynjer obrazini yaratgan Emma Uotson afsonaviy uchlik orasida Potterdan keyingi eng muvaffaqiyatli faoliyat egasiga aylandi. Film franshizasining oxirgi qismi chiqqanidan atigi bir yil o‘tib, Emma Logan Lerman bilan birga suratga olingan “Jim bo‘lish afzal” nomli mashhur yoshlar melodramasida rol o‘ynadi. Oradan ikki yil o‘tib, ular Darren Aronofskiyning epik filmi “Nuh”da ham birgalikda ko‘rinish berishdi.

    2017-yilda Uotson “Sohibjamol va Maxluq” nomli mashhur myuziklning kino talqinida Bell rolini ijro etdi. Film o‘z janrida eng yuqori daromad keltirgan kartinaga aylandi. Aktrisaning ishtirokidagi eng so‘nggi yirik loyihalardan biri — Luiz Mey Olkottning “Kichik xonimlar” asari asosida suratga olingan film bo‘ldi. Uotson unda Meg obrazini yaratdi. Greta Gervig rejissyorligidagi bu film ijobiy baholarga sazovor bo‘lib, “Eng yaxshi kostyumlar” yo‘nalishida “Oskar” mukofotini ham qo‘lga kiritdi.

    2014-yilda Emma Uotson Braun universitetini adabiyot bo‘yicha bakalavr darajasi bilan tamomladi, so‘ng Oksfordda o‘qishni davom ettirdi. Aynan shu yili u BMT “Xotin-qizlar” tashkilotining elchisi etib tayinlandi.

    Emma intervyularidan birida, yoshlik chog‘ida hamkasbi Tom Feltonga (Drako Malfoy rolini o‘ynagan) oshiq bo‘lganini tan olgan. Muxlislar uni turli aktyorlar, olimlar va sportchilar bilan juftlashtirishgan. Hatto shahzoda Garri bilan ham munosabatda bo‘lgan, degan gaplar tarqalgan, ammo Uotson bu da’volarni rad etgan.

    Tom Felton

    Foto:avatars.dzeninfra

    Tom Felton kino olamidagi faoliyatini 1997-yildayoq boshlagan. U ilk bor “O‘g‘rilar” komediyasida rol o‘ynagan va shu sababli “Garri Potter” film franshizasining birinchi qismidagi suratga olish ishlari boshlanganda, u allaqachon tajribali bola aktyor edi. Qiziq tomoni shundaki, dastlab Felton Garri Potter  roliga ko‘rilgan, biroq sinovlardan so‘ng unga aynan Garri Potterning dushmani — Drako Malfoy roli taklif qilingan.

    Bugungi kunda Tom Felton aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda, biroq u asosan ikkinchi darajadagi rollarni ijro etadi. Uning ishtirokidagi mashhur loyihalardan biri — “Maymunlar sayyorasining isyoni” film franshizasi va superqahramonlar haqidagi “Flash” serialidir, u yerda Felton qahramonning sherigi rolida chiqadi.

    Aktyor sahnadan tashqarida musiqaga ham qiziqadi va qo‘shiqlar yozadi. 2024-yilda Felton bir vaqtning o‘zida ikkita mini-albom (EP) chiqardi.

    Ekrandagi Malfoy va Potter o‘rtasidagi ziddiyatga qaramay, hayotda Tom Felton va Daniel Redkliff do‘stona aloqalarni saqlab kelishmoqda. Ayniqsa, Felton va Emma Uotson o‘rtasidagi rishta muxlislar uchun alohida qiziq. Ular bir-birlarini “yakdil qalblar” deb atashadi va tez-tez birga vaqt o‘tkazishadi. Muxlislar hali-hanuz ularning uchrashishayotganiga ishonadi, garchi Tom va Emma bu mish-mishlarni rad etishgan bo‘lsa ham.

    Ma’lumki, Tom Felton 2011-yildan boshlab aktrisa Jade Gordon bilan munosabatda bo‘lgan. Ular “Garri Potter” filmining so‘nggi qismidagi suratga olishlar paytida tanishgan. Ularning nikohi kutilgan edi, ammo yetti yillik munosabatdan so‘ng ular ajralib ketishdi.

    Bonni Rayt

    Foto: hips.hearstapps.com

    Jinni Uizli rolini o‘ynagan Bonni Rayt aktyorlikdan keyin o‘zini rejissyorlikda topdi. U bir nechta qisqa metrajli filmlar suratga olgan va hatto o‘zining Bon Bon Lumiere nomli kino kompaniyasini tashkil etgan. Bonni ekologik faol sifatida ham tanilgan — atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusiga qiziqishi uni ekologik odatlar haqida oddiy, ammo muhim maslahatlar berilgan kitob yozishga undagan.

    So‘nggi yillarda Bonni hayotida muhim voqea yuz berdi — 2022-yilda u uzoq yillik sevgilisi Endryu Lokokoga turmushga chiqdi. Ular birgalikda ekologik va ijtimoiy tashabbuslarda qatnashib, Gollivud shovqinidan yiroqda, tinch hayot kechirishmoqda.

    Jeyms va Oliver Felps

    Foto: content1.promiflash.de

    Ekranda kulgili Uizli egizaklarini gavdalantirgan Jeyms va Oliver Felps hayotda ham bir-biriga juda yaqin. “Garri Potter” franshizasi tugagach, ular faol ravishda xayriya ishlariga sho‘ng‘ishdi va butun dunyo bo‘ylab muxlislar bilan uchrashuvlar o‘tkaza boshlashdi.

    2021-yilda, ular sobiq aktyor do‘stlari bilan kasbiy va shaxsiy hayot haqida suhbatlashadigan podkast boshladi. 2024-yilda esa Britaniya televideniyesida efirga chiqqan “Garri Potter: Sehrgarlar pazandachilikda” nomli kulinariya shousida boshlovchilik qilishdi.

    Har ikki aka-uka shaxsiy hayotda ham baxtli: Oliver 2015-yilda Keti Xampeyj bilan turmush qurgan va juftlikning ikki nafar qizi bor. Jeyms esa 2016-yilda Annika Ostlga uylangan.

    Garri Melling

    Foto: hips.hearstapps.com

    Garri Potterning amakivachchasi Dadlini gavdalantirgan Garri Melling ko‘pchilikni nafaqat aktyorlik, balki tashqi ko‘rinishdagi keskin o‘zgarishi bilan ham hayratga soldi. Filmning oxirgi qismlarini suratga olayotganda u shunchalik ozib ketganki, grimyorlar uni tanish ko‘rinishda saqlab qolish uchun maxsus kostyum ishlatishga majbur bo‘lishgan.

    Franshiza yakunlangach, Melling teatr va kinodagi faoliyatini davom ettirdi. 2018-yilda u aka-uka Koenlarning “Baster Skraggs baladasi” filmida, 2021-yilda esa Joel Koenning “Makbet fojiasi” filmida Malkolm rolini ijro etdi. Eng esda qolarli ishi esa “Qirollik harakati” mini-serialidagi roli bo‘ldi.

    Garri asosan dramatik janrdagi filmlarda qatnashadi va ko‘p hollarda tijorat loyihalaridan ko‘ra mualliflik kinolarini afzal ko‘radi.

    Aktyorning shaxsiy hayoti haqida deyarli hech narsa ma’lum emas. U jamoatchilik e’tiboridan yiroq, ijodga bag‘ishlangan sokin hayotni afzal ko‘radi.

    2 avgust, 12:45   Izoh (0)   884
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Garri Potter”#aktyor

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.