• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda yoshlar yetakchilariga qancha maosh to‘lanadi? Yoshlar yetakchisiga doir maʼlumot taqdim etildi

    2022-yilda prezidentning tegishli qaroriga asosan maktablardagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, uning o‘rniga respublikadagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Bu orqali Respublikadagi qariyb 10 mingga yaqin mahallada minglab yoshlar ish bilan taʼminlandi. Hozirgi kunda ularga mahalladagi xonadonlar soniga qarab, 4 million so‘mdan 5 million so‘mgacha maosh to‘lanadi. Har chorakda eng ilg‘or 100 nafar yetakchi esa bir oylik maoshga teng pul mukofoti hamda “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

    Foto: Daryo” / Madina Nurman

    Yoshlar yetakchisi nimaga kerak o‘zi? Quyida bu bo‘yicha maʼlumot beriladi

    O‘zbekiston umumiy aholisining 62,8 foizi — yoshlar. Yoshlar esa mamlakatning eng katta boyligi. Bugungi kunda turli zararli g‘oyalar taʼsiriga tushgan, onlayn qimor o‘yinlariga berilgan yoki umrini besamar o‘tkazayotgan yoshlar ham yo‘q emas. Ularni taʼlim va kasb-hunarga yo‘naltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini tashkil qilish, muammolarini o‘rganish va hal etish eng asosiy masala. Shuning uchun ham mahallalarda yoshlar yetakchilariga ehtiyoj sezilmoqda. Ularning zimmasidagi asosiy vazifa — o‘z mahalladoshlari, do‘stlari, o‘rtoqlarini to‘g‘ri yo‘lga boshlay olishi. Bu borada yaxshi natija ko‘rsatayotgan yetakchilar davlat eʼtiboridan chetda emas. Masalan, 2022—2023-yillar davomida  220 nafar Yoshlar yetakchisi yuqori lavozimlarga ishga o‘tgan. Yana 11 nafar yetakchi Davlat mukofotlari bilan taqdirlandi, 210 nafari Milliy zaxira kadrlar safiga kiritildi.

    Yoshlar yetakchilari ishtirokida qanday ishlar qilinyapti?

    • Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun 224 ming nafar yoshga qariyb 5,2 trillion so‘m kredit ajratildi; Misol uchun: Samarqand viloyati, Nurobod tumani “Sazag‘an” mahallasida yashovchi Karimov Furqat Xo‘jaqulovich o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu loyiha doirasida 300 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i olib mebel ishlab chiqarish (“Xumoyunshox sifat mebel” MCHJ) faoliyatini yo‘lga qo‘ygan. Bugungi kunda 8 nafar mahalla yoshlarini doimiy bandligini taʼminlash bilan bir qatorda oylik aylanma mablag‘ hajmini 100 mln so‘mga yetkazgan.
    • Yoshlarni qishloq xo‘jaligida band qilish uchun 254,6 ming nafar yoshlarga 66,3 ming gektar ekin maydoni ajratildi; Misol uchun: Xorazm viloyati, Yangibozor tumani Shoirlar mahallasida yashovchi Yuldashev Og‘abek Otabek o‘g‘li “Yoshlar daftari»ga kiritilib, “E-auksion” orqali 30 sotix yer maydoni ajratilgan. Bugungi kunda ushbu yer maydoniga pomidor ekib 3,5 tonna hosil olishga, 14 mln so‘m daromad qilishga erishdi.
    • Yoshlarning ijtimoiy muammosini xal etish va bandligini taʼminlash uchun 525 ming yoshga “Yoshlar daftari”dan 892 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi;
    • 97 ming nafar talabaga 275 mlrd so‘m kontrakt mablag‘lari to‘lab berildi;
    • Yoshlar hayotda o‘z o‘rnini topishi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun 55,5 ming nafariga 150 mlrd so‘mlik asbob-uskunalar va mehnat qurollari ajratildi, 13 ming nafar yigit-qiz haydovchilikka o‘qishi uchun 12 mlrd so‘m xarajat qoplab berildi. Misol uchun: Toshkent viloyati, Zangiota tumanida yashovchi Intimoqov Nazar Xasan o‘g‘liga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun kompyuter jamlanmasi olib berilgan. Bugungi kunda u avtomobillarning yaroqsiz shinalaridan bolalar uchun o‘yinchoqlar va ko‘rgazma qurollari yasash faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ayni vaqtda oylik 7-8 mln so‘m daromad olishga erishmoqda. 
    • Yana 21 ming nafar yoshga 81 mlrd so‘m safarbarlik chaqiruvi rezervi xarajatlari qoplab berildi;
    • Yoshlarni salomatligini tiklash maqsadida 39 ming nafariga 44,3 mlrd so‘mlik davolanish xarajatlari to‘lab berildi. Misol uchun: Andijon viloyati, Jalaquduq tumanida yashovchi Xaydarova Muxtasar Azamjon qizi og‘ir buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanish maqsadida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan. Bugungi kunda “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 15 mln so‘m mablag‘ ajratilib, operatsiya qilinib sog‘lom hayotga qaytishiga ko‘maklashildi.
    • 15 ming nafar yoshlarga tadbirkorlik va kasb-hunar hamda IT, xorijiy tillarga o‘qishi uchun 28 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
    • Yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi” tadbirlariga 11 mln nafar yoshlar jalb etildi. G‘olib yosh sportchilarning mahallalarida 623 ta sport maydonchalari qurib foydalanishga topshirildi.

    Yoshlar — ijtimoiy-siyosiy makonda muhim kuch, ularni qo‘llab-quvvatlash mamlakatning ertangi kuni farovon bo‘lishiga xizmat qiladi. Yoshlar yetakchilari tizimi yo‘lga qo‘yilgani yoshlarning murojaatlarini mahallaning o‘zida hal etish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash imkonini bermoqda. “Yoshlar balansi”, “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga mahalladagi har bir yoshning ijtimoiy, iqtisodiy hamda salomatlik holati yuzasidan maʼlumotlar doimiy kiritilishi imkoni yaratilganligi yoshlarni qiynayotgan savollarga javob topishni yanada yengillashtirdi.

    Yoshlar qanchalik bilimli, kasbli va hunarli bo‘lsa, mamlakat iqtisodiyoti shuncha taraqqiy etadi. Bu borada yetakchilar yoshlarga yaqin do‘st, maslahatgo‘y va ko‘makdosh bo‘lmoqda. Yoshlarning sirini, yurish-turishini mahalladagi yoshlar yaxshiroq biladi. Qaysi mahallada yoshlar yetakchisi o‘z nomi bilan yetakchi bo‘lsa, boshqalarni o‘z ortidan ergashtira olsa, o‘sha mahallada noxush holatlar kam bo‘ladi, o‘sha hudud farovon, yoshlari esa baxtliroq bo‘ladi.

    29.09.2023, 23:00   Izoh (0)   35036
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergelidagi portlashda aholi uylariga yetkazilgan zarar davlat hisobidan qoplanayotganiga izoh berildi

    29.09.2023, 22:51

    Sergelidagi portlash: uy-joylar va avtomobillarga qancha zarar yetgan?

    29.09.2023, 22:46

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri bilan muzokarada qator sohalarda hamkorlik qilish bo‘yicha bir qancha takliflarni ilgari surdi

    29.09.2023, 22:40

    Sirdaryoda 10-sinf o‘quvchisi bo‘lgan qiz bedarak yo‘qoldi

    29.09.2023, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat) 

    29.09.2023, 22:07

    “Daryo” reportaji: Portlashdan so‘ng Sergeli aholisiga qanday yordam berilmoqda?

    29.09.2023, 21:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.