Vazirlar Mahkamasining qarori bilan bir qator oliy ta’lim muassasalariga rektorlar lavozimga tayinlandi, deb xabar beradi Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali.
Xususan:
- Xudaynazar Yunusov Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti rektori;
- Jasur Rizayev Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori;
- Gafurjon Muhamedov Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori;
- Shavkat Sharipov Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
Toshkent davlat stomatologiya institutiga 2016-yildan boshlab rektorlik qilgan Jasur Rizayev 2020-yilning fevral oyida Samarqand davlat tibbiyot institutining rektori etib tayinlangandi. 2022-yil dekabrda esa O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ulug‘bek Azizov va Buxoro muhandislik texnologiya institutining rektori Nusratullo Barakayev lavozimidan ozod etilgan edi.
Izoh (0)