Kataloniyaning “Barselona” klubi “Inter”ning o‘ng qanot himoyachisi Denzil Dyumfrisni xarid qilish fikridan voz kechdi. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.

Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” niderlandiyalik himoyachini xarid qilishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq futbolchining shartnomasidagi 25 million yevrolik band muddati tugadi va endilikda xaridor klub “Inter” bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazishi kerak. Italiya klubi esa futbolchini yuqoriroq narxda transfer qilishni rejalashtirmoqda. Aynan shu vaziyat sabab “Barselona” transferdan voz kechishga qaror qilgan.
Klub murabbiyi Hansi Flik tarkibda yetarlicha futbolchi borligi, ayniqsa o‘ng qanot himoya chizig‘ida muammo yo‘qligini ta’kidladi. Klub prezidenti Joan Laporta ham yaqinda bergan intervyusida jamoa yozgi transferlar oynasini boshqa futbolchi xarid qilmasligini e’lon qildi.
29 yoshli Dyumfris esa “Inter”ni tark etishga tayyorligini bildirgan va shu sabab mashhur agent Xorxe Mendesh bilan hamkorlikni boshlagan edi. Biroq hech bir klub 1-avgustgacha amal qilgan bandni faollashtirishni xohlamadi.
Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida “Barselona” 3 nafar futbolchi — Joan Garsiya, Runi Barji va Markus Reshford (ijara asosida) bilan shartnoma imzoladi.
Izoh (0)