Jizzax viloyati Zomin tumanida 7 yoshli qiz elektr simiga osilib halok bo‘ldi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea viloyatning Zomin tumani Pishag‘ar qishlog‘ida 25-iyul kuni soat 18:30 lar atrofida sodir bo‘lgan. 2016-yilda tug‘ilgan qiz 6 nafar qiz farzandning uchinchisi bo‘lgan. Marhuma o‘ynab yurgan vaqti elektr simiga osilib qolgan va oradan hech qancha vaqt o‘tmay yong‘in sodir bo‘lgan.
“Simga borib osilgan, osilgan vaqti tok urgan. 1-sinf bolasining qo‘li yetgan o‘sha simga. Bir soatning ichida uni yo‘qotdik. Tez yordamda olib borsak, joni uzilgan deyishdi. Kelinim ezilib tamom bo‘ldi. Kunda qabristonga chiqib ketib qolyapti”, — deydi qizchaning buvisi.
Izoh (0)