O‘zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufidagi o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlari 2023-yil 17-avgust kuni bo‘lib o‘tishi reja qilingan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi hamkorligida madrasalarga kirish imtihoni chet tili, tarix va ma’naviyat va ma’rifat fanlaridan test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
Imtihonlar o‘tkazish manzillari, vaqti hamda ruxsatnoma qog‘ozlarini olish tartibi haqida qo‘shimcha xabar berilishi ma’lum qilindi.
Izoh (0)