Toshkentning ayrim hududlarida 7-avgust kuni elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 7-avgust kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Bektemir tumani: “Gulbog‘” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: “Shahrisabz” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 15:00 gacha.
O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr so‘raydi.
Iyul oxirlarida Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ba’zi hududlarida yuklama sabab elektr energiyasi ta’minotiga vaqtincha cheklovlar kiritilgan edi. Avgust boshlarida esa Toshkentning qator tumanlarida elektr, issiq suv va gaz ta’minotlari vaqtincha to‘xtatilgan.
Izoh (0)