Mamlakatda o‘simlik yog‘i 2023-yil boshidan beri 12,7 foizga arzonlashgan.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, shu yilning iyul oyida o‘simlik yog‘i narxlari iyun oyiga nisbatan, bir oyda o‘rtacha 2,4 foizga arzonlashgan. Mazkur turdagi yog‘ narxi joriy yil boshidan beri o‘rtacha 12,7 foizga pasaygani kuzatilgan.
Xususan, 2023-yilning iyul oyida o‘tgan oyga nisbatan:
- paxta yog‘i narxlari o‘rtacha 2 foizga;
- kungaboqar moyi narxlari o‘rtacha 2,8 foizga arzonlashgan.
Sariyog‘ narxlari bir oy ichida o‘rtacha 0,5 foizga, margarin esa 0,1 foizga qimmatlashgan.
Avvalroq 2023-yilning may oyida paxta yog‘i narxlari aprel oyiga nisbatan, yaʼni bir oyda o‘rtacha 1,3 foizga arzonlashgani xabar qilingandi. Paxta yog‘i narxlari 2023-yil boshidan beri o‘rtacha 7,4 foizga arzonlashgani kuzatilgan. 2023-yilning may oyida aprelga nisbatan:
- o‘simlik yog‘lari narxlari o‘rtacha 1,7 foizga arzonlashgan;
- kungaboqar moyi narxlari o‘rtacha 2,1 foizga arzonlashgan.
- sariyog‘ narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshgan.
Izoh (0)