Toshkent shahrining yettita tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasiga vaqtinchalik cheklovlar o‘rnatildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati “Daryo”ga ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ba’zi hududlarida yuklama sabab vaqtincha cheklovlar kiritildi. Cheklovlar ayni paytda ob-havoning keskin isishi natijasida elektr energiyasida yuqori iste’mol kuzatilayotgani sababli elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar hamda taqsimlash qurilmalarida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyaviy holatlarning oldini olish maqsadida o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha, taqsimlash punktlari sovishi bilan qayta tarmoqqa ulanadi.
Izoh (0)