Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda o‘tgan olti oyida tez yordamga qancha yolg‘on chaqiriq tushganini ochiqladi.
Unga ko‘ra, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov 2023-yilning o‘tgan 6 oyi davomida 103 xizmatiga jami 1752 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushganini bildirgan. Mazkur ko‘rsatkich 2022-yilning ayni shu davri bilan taqqoslansa, qariyb 975 taga kamayganini ko‘rish mumkin.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, 2023-yilning yanvar—iyun oylarida eng ko‘p yolg‘on chaqiriq Toshkent viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 325 tani tashkil etdi. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati qayd etildi — 284 ta. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatidan 248 ta ana shunday murojaat kelib tushgan. Eng kam yolg‘on chaqiriq esa Samarqand viloyatida ro‘yxatga olindi — 17 ta.
Izoh (0)