Buxoro shahrida yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Viloyat FVB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 24-iyul kuni soat 12:20 da, “Bunyodkor” MFYda joylashgan yangi qurilayotgan 9 qavatli uyda yuz bergan. Uyning chap yon tomoni yuza qismi (alyukobond) yongan.
Voqea joyiga jalb etilgan 5 ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari soat 12:22 da yetib borib, soat 12:49 da yong‘inni batamom o‘chirgan. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish, tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, payvandlash ishlarida yong'in xavfsizligi qoidalari buzilishi yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)