• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Madaniyat vazirligi baxshichilik festivalidagi ovqatlar uchun qariyb 900 mln so‘m sarfladi. Bu pullar oqilona ishlatilganiga bir qator shubhalar mavjud

    Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi 6—8-may kunlari Sirdaryoda bo‘lib o‘tgan Xalqaro baxshichilik festivali mehmonlarini oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qariyb 900 million so‘m sarfladi. “Daryo” lot ma’lumotlarini kuzatish davomida shubhali holatga duch keldi.

    Skrin: xarid.uzex.uz

    Xalqaro festivallar direksiyasi davlat xaridini hech qanday tanlov yoki tender savdolarisiz, shunchaki to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshirgan. 23-aprel kuni “Muyassar-Robiya” MChJ bilan shartnoma imzolangan bo‘lib, unga ko‘ra, festival ishtirokchilarini ovqatlantirish xarajatlari quyidagicha hisob-kitob qilingan:

    • 4750 kishilik nonushta — 159 million 600 ming so‘m (har biri 33 ming so‘mdan);
    • 3950 kishilik tushlik — 199 million 80 ming so‘m (har biri 50 ming 400 so‘mdan);
    • 3500 kishilik tushdan keyingi ovqat — 98 million so‘m (har biri 28 ming so‘mdan);
    • 3500 kishilik kechki ovqat — 176 million 400 ming so‘m (har biri 50 ming 400 so‘mdan).
    Skrin: xarid.uzex.uz

    Bundan tashqari, kofe-breyk xizmati uchun 264 million 512 ming 640 so‘m sarflangan. Baxshichilik festivali qatnashchilarini ovqatlantirish umumiy hisobda 897 million 592 ming 640 so‘mga tushgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    Yetkazib beruvchi “Muyassar-Robiya” tadbirkorlik subyekti rahbariyati bilan tanishamiz. MChJning 100 foizlik ta’sischisi va rahbari Sodiqov Valijon Baxtiyorovich hisoblanadi. U bir paytning o‘zida boshqa bir korxona — “Mushtariybonu-Asilbek-Abzalbek” MChJga ham rahbar hisoblanadi.

    Skrin: Statistika agentligi

    Qizig‘i va shubhalisi shundaki, ushbu tadbirkorlik subyektining ta’sischisi Avazbek Abdulhamidovich Shomurodov deb ko‘rsatilgan. Avazbek Shomurodov esa 2022-yilning iyul oyidan buyon Toshkent viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi rahbari hisoblanadi.

    Foto: Toshkent viloyati hokimligi

    Bu holat bir qancha savollarni keltirib chiqarishi tabiiy. Misol uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasiga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchisi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tashkil etishi, ularning muassisi bo‘lishi mumkin emas. Ammo nega oradan qariyb bir yil o‘tgan bo‘lsa ham, Avazbek Shomurodov holati bo‘yicha hokimlikka tegishli taqdimnoma kiritilib, mansabdor shaxsning tadbirkorlik subyektlaridagi faoliyati tugatilishi choralari ko‘rilmadi?

    Xalqaro baxshichilik festivali har ikki yilda bir marta bo‘lib o‘tishi haqida 2021-yildayoq qaror qilingan edi. Ya’ni bu tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga yetarlicha muddat bo‘lgan, shoshilinch tarzda xaridlar amalga oshirishga ehtiyoj yo‘q edi. Shunday ekan, nega undagi mehmonlarni ovqatlantirish xizmati uchun davlat xaridi ochiq tender savdolariga qo‘yilmay, doimiy hamkorga (“Muyassar-Robiya” MChJ bundan avval ham Madaniyat vazirligining bir qancha xizmatlarini bajarib kelgan) to‘g‘ridan to‘g‘ri berib yuborildi? 

    Va nega aynan bu tadbirkorlik subyekti tanlab olish jarayonida ustunlikka erishildi? Bunda Avazbek Shomurodov korxonaga bilvosita bog‘liq ekani ta’sir o‘tkazmagani qanchalik ishonarli?

    Tegishli tashkilotlardan munosabat kutib qolamiz.

    24.07.2023, 15:16   Izoh (1)   10315
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 5756022577@telegram.org / 24.07.2023, 16:17

      Baraka topsin.jurnalist

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident maktablariga kirish imtihoni adolatsiz o‘tkazildimi? Mas’ullar e’tirozli savollarga javob qaytardi

    24.07.2023, 14:06

    Ukraina elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini urushda qatnashmaslikka chaqirdi

    24.07.2023, 13:45

    Olmaliqda ikki yosh bolani axloqsiz harakatlar qilishga majburlagan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    24.07.2023, 13:21

    Shavkat Mirziyoyev 66 yoshga to‘ldi. Qo‘shni va hamkor davlatlar rahbarlaridan tabriklar kelishni boshladi

    24.07.2023, 13:14

    O‘zbekistonga haftaning ikkinchi yarmida salqin havo kirib keladi

    24.07.2023, 12:45

    Samarqanddagi qabristonda yong‘in sodir bo‘ldi

    24.07.2023, 12:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.