• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent shahrining yangi bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi bosqichda 40 mlrd so‘m ajratiladi

    Toshkent shahar hokimining “Yangi Toshkent” loyihasini inobatga olgan holda poytaxtning yangi bosh rejasini ishlab chiqish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Bunda, Toshkent shahrining yangi bosh rejasini ishlab chiqishda poytaxt hokimligi buyurtmachi funksiyasini bajaradi. Buyurtmachiga Toshkent shahrining yangi bosh rejasini “Yangi Toshkent” loyihasini inobatga olgan holda loyihaoldi hujjatlarni tayyorlash hamda xorijiy loyiha tashkilotini belgilash uchun xalqaro tanlovga olib chiqishga qadar bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirishda “ToshkentboshplanLITI” DUK bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berilgan.

    Buyurtmachi va “ToshkentboshplanLITI” DUK o‘rtasida rasmiylashtiriladigan shartnoma doirasida, birinchi bosqichda Toshkent shahar mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 40 milliard so‘m ajratiladi.

    Yangi bosh rejani amalga oshirish bo‘yicha buyurtmachi etib “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilandi.

    Bosh rejani tayyorlash muddati bir necha bor qoldirilgan edi

    2012-yil yozida Toshkent shahri va uning atrofi bosh rejasining 2030-yilgacha hisoblangan texnik-iqtisodiy asoslari muhokama qilingani haqida xabar berilgan. 2018-yilning avgustidagi prezident farmonida poytaxtning tasdiqlangan bosh rejasi mavjud emasligi “tartibsiz qurilishlarga olib kelmoqda, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini yanada kengaytirishga imkon bermayapti, shuningdek, poytaxtni faol ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda”, — deya qayd etilgan edi.

    Shahar hokimiga 2018-yil 1-oktabrga qadar bosh reja konsepsiyasining loyihasi hamda bosh rejaning o‘zini ishlab chiqish bo‘yicha xalqaro tanlov o‘tkazish topshirilgan.

    2019-yilning fevral oyida poytaxt hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sobiq birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov (hozirgi Chirchiq shahar hokimi) Toshkent shahrining bosh rejasi konsepsiyasi o‘sha yilning apreliga qadar 3D formatda tayyorlanishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, u loyihani yaratish ustida Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib borayotganini qayd etgan edi.

    Keyinchalik belgilangan muddatlar ortga surildi — ishlab chiqishda turk kompaniyasi ishtirok etgan hujjat 2020-yilda taqdim etilishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi.

    Qurilish vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Sherzod Xidoyatov (hozirgi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari) 2020-yil dekabr oyida Toshkentning bosh rejasini ishlab chiqish 2022-yil oxirigacha yakunlanib, aholiga taqdim etilishi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Ushbu muddat hukumat tomonidan tasdiqlangan muddatga mos keladi.

    Prezidentning 2020-yil noyabrdagi qarori bilan 2025-yilgacha O‘zbekistonning barcha shaharlari va shahar posyolkalarining to‘rtdan bir qismini bosh rejalar bilan qamrab olish belgilangan. Bunda loyiha hujjatlari jamoatchilik muhokamasi natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanishi lozim edi.

    Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 18-oktabr kuni “ToshkentboshplanLITI” davlat unitar korxonasiga borib, Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan Bosh rejasi loyihasi bilan tanishgandi. O‘shanda Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan bosh rejasi loyihasi “Yangi Toshkent” konsepsiyasi bilan mutanosib tayyorlangani aytilgan. Bu yangi shahar poytaxtning sharqiy qismida, Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo etiladi. 500 ming aholiga mo‘ljallangan bo‘ladi.

    2023-yil 16-yanvar kuni prezident Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni ishdan olgandi. Yig‘ilishda davlat rahbari poytaxtning Bosh rejasi haligacha tasdiqlanmagani natijasida ruxsatsiz qurilgan obyektlar soni 250 dan oshib ketgani, qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, bozorlarda oziq-ovqat muzlab qolmasligi uchun, narx-navo oshib ketmasligi uchun chora ko‘rilmayotgani uchun poytaxt mutasaddilariga qat’iy e’tiroz bildirilgan edi.

    11.07.2023, 15:12   Izoh (0)   9330
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahrini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha bosh reja tasdiqlandi

    19.09.2022, 11:32

    Zoir Mirzayev g‘alladan bo‘shagan maydonlarini yoqqan fermerlar yeri olib qo‘yilib, auksionda sotilishini maʼlum qildi (video)

    11.07.2023, 13:32

    Amudaryo yaqinida 3 390 tup daraxt yoqib yuborilgani aniqlandi

    11.07.2023, 13:18

    Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash yoki to‘lash tartibi qanday?  

    11.07.2023, 12:39

    Kosonda hokimlik xodimi soliqchini pichoqlagani xabar berildi. Hokimlik esa buni rad etdi

    11.07.2023, 12:26

    Samarqandda taksi haydovchisi bolani itlar hamlasidan qutqarib qoldi (video)

    11.07.2023, 12:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining uch mulozimi ishdan olindi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 23:40

    “Manchester Siti” sobiq futbolchisini ortga qaytaradi — Romano

    Sport | 25 iyul, 22:50

    Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 25 iyul, 22:39

    “Amerikaliklarning 53 foizi Epshteyn ishi Tramp tufayli e’lon qilinmayapti deb hisoblaydi” — so‘rovnoma

    Dunyo | 25 iyul, 22:15

    “Kanada Falastin davlatining BMTda tan olinishiga intilmoqda” — Mark Karni

    Dunyo | 25 iyul, 21:53

    ESPN. Dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingi yangilandi

    Sport | 25 iyul, 21:45

    Braziliya AQSHni prezidentga qarshi to‘ntarish tayyorlashda gumon qilmoqda

    Dunyo | 25 iyul, 21:27

    Moskvada 50 yoshli nogironni o‘ldirgan o‘zbekistonlik migrantga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    Dunyo | 25 iyul, 20:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.