Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining bosh rejasini 2023-yilda qabul qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Toshkent yoshlar forumi—2020”da qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Hidoyatov ma’lum qildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtning bosh rejasini ishlab chiqish uchun hozirgi paytda butun dunyodan loyiha tashkilotlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

“Biz Estoniya, Turkiya, Yevropa va Amerikadan eng yaxshi va zamonaviy loyiha institutlarini ko‘rib chiqamiz, xususan, shaharsozlik sohasidagi va aholi uchun qulaylik yaratish nuqtayi nazaridan. Ular bilan birga tanlovga tayyorlanamiz. Loyihani tuzish uchun biz talablarni ishlab chiqdik, ular asosida tanlovga tayyorgarlik ketmoqda. Bu tanlovda eng asosiysi — 2022-yilning oxirigacha bosh rejani tuzishni yakunlash va uni aholiga taqdim etish. Aholiga taqdim etilganidan keyin u qabul qilish uchun taklif etiladi. 2023-yilda Toshkentning bosh rejasini qabul qilish rejalashtirilmoqda”, — deya ma’lum qilgan Sherzod Hidoyatov.

Vazir o‘rinbosarining bildirishicha, tanlov ochiq o‘tkaziladi. Unda, taxminan, 30 ta kompaniya ishtiroki kutilmoqda.

“Tanlov oson bo‘lmaydi, chunki hamma ham bosh rejani ishlab chiqa olmaydi. Biz (bosh rejani), boshqa mamlakatlarda bosh rejalar ishlab chiqqan kompaniyalarni, ular aholi uchun qanday qulayliklar yaratganini aniq o‘rganishimiz kerak, keyin esa hamkorlikdagi ishni boshlashimiz lozim”, — deya qayd etdi Sherzod Hidoyatov.

Avvalroq Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Davron Hidoyatov Toshkentning bosh rejasi konsepsiyasi 2019-yilning aprel oyi oxirigacha 3D formatida tayyorlanishini ma’lum qilgan. Uni yaratish ustida Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib borayotgani qayd etilgandi. Biroq muddatlar o‘zgardi — Turkiya kompaniya tomonidan ish olib borilayotgan poytaxtning loyiha hujjatini 2020-yilda taqdim etish rejalashtirilgandi.

Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosarining qayd etishicha, xorijiy kompaniyalar avvalroq o‘z takliflarini bergan. Ma’lum bo‘lishicha, bosh rejani yaratish uchun juda ko‘p ma’lumotlar talab qilinadi, jumladan, barcha yo‘llardagi qatnov, avtomobillar harakati, ularning to‘planishi, qayerda ko‘priklar kerakligini aniqlash. Buning uchun Toshkent shahrining transport konsepsiyasi to‘ldirilmoqda. Mazkur konsepsiya Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Turkiyaning Kalyon kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

“Aholi va iqtisodiyotning o‘sishini hisobga olgan holda bu ma’lumotlar bosh rejani ishlab chiqishda biz uchun juda muhim. Mazkur kompaniyaning bizning oldimizga bu savollarni qo‘yganda biz muddatlarni surdik, chunki biz barcha tizimlarni o‘rganishimiz kerak. O‘rganishlardan keyin bu ma’lumotlar yuklanadi, bu esa haqiqiy va sifatli bosh rejani tuzishga imkon beradi”, — dedi vazirlik mas’uli.

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan 2025-yilgacha O‘zbekistonning barcha shaharlari va shahar posyolkalarining chorak qismining bosh rejalari tasdiqlanishi kerak. Bunda loyiha hujjatlari jamoatchilik muhokamalarining natijalarini hisobga olgan holda tasdiqlanishi kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)