Amudaryo daryosining himoya dambasi va unga yondosh ichki zahkash hamda kollektor bo‘ylarida jami 3 390 tup daraxt yoqib yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Xorazm viloyati prokuraturasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, buning oqibatida 9 milliard 239 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)