Xitoyning Usi shahrida qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
19-iyun kungi bahslarda ayollar o‘rtasida sablya yo‘nalishida ishtirok etgan Zaynab Dayibekova oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston vakili saralashda Vyetnam, Xitoy va Avstraliya sportchilaridan ustun keldi. Yarim finalda hindistonlik Bhavani Chadalavadanini yengdi (15:14).
Finalda Dayibekovaga Jahon chempionatining uch karra sovrindori, Tokio—2020 Olimpiadasi bronza medali sohibi Janubiy Koreya vakili Ji Su Yun raqib bo‘ldi. Unda Zaynab 15:9 hisobida g‘alabani qo‘lga kiritib, oltin medalga ega chiqdi.
Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun mazkur Osiyo chempionatidagi ilk medal bo‘ldi.
Izoh (0)