Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finalida “BMB” va “Lokomotiv” jamoalari 18-iyun, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvda “BMB” jamoasi raqib darvozasiga 18 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. “Temiryo‘lchilar” bunga uchta to‘p bilan javob qaytardi.
“BMB” safida braziliyalik Fernando de Souza 4 ta, Akbar Usmonov 4 ta, Husniddin Nishonov, Muzaffar Ahadjonov va Dilmurod Shavkatov ikkitadan to‘p kiritdi. Ebbert Oliveyra, Doniyor Tohirov, Abbos Elmurodov va Mashrab Odilov esa o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
“Lokomotiv”ning gollariga Boburbek Ergashev, Burhoniddin Sodiqov va Ilyos Mallayev muallif bo‘ldi.
Shu tariqa “BMB” o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston kubogiga ega chiqdi.
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Kubogini eng ko‘p qo‘lga kiritgan jamoalar:
- “Ardus” (6 marta)
- “OKMK” (3)
- “Lokomotiv” (2)
- “Maksam Chirchiq” (2)
- “Turon” (2)
Shuningdek, “Bunyodkor”, “Uchquduq”, “Stroitel Zarafshon”, “Jizzax”, “JKA”, “Koson”, “Soliqchi”, “Ro‘zmat Madaminov”, “Termo” va “Jizzax Kenteks” bir martada kubokka ega chiqqan.
Izoh (0)