O‘zbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” nomli yangi ko‘rgazma loyihasini taqdim etadi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva xabar berdi.
![](/static/Risolat/uj-1.jpg)
Unga ko‘ra, arxeologik topilmalarga bag‘ishlangan va eramizdan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandar hukmronligidan to milodiy IV asrdagi Kushonlar hukmronligining oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab oluvchi ko‘rgazma ikki maskanda – Berlindagi Jeyms Simon galereyasi va Yangi muzeyida tashkil etiladi.
Shuningdek, “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan to Kushonlar sulolasigacha” ko‘rgazmasi 2023-yilning 4-mayidan 2024-yilning 14-yanvariga qadar bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)