O‘zbekistondagi hokim yordamchilari Xitoyda amaliyot o‘taydi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Chongqing xalqaro hamkorlik trening markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston mahallalaridagi 9 400 nafar hokim yordamchilari “Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikni qisqartirish” mavzusida ikki hafta mobaynida xitoylik mutaxassislardan onlayn ta’lim oladi.
Mazkur loyihaning 2-bosqichida 200 nafar hokim yordamchilari 2023-yilning kuz oylarida Xitoyda ikki haftalik amaliyot o‘taydi.
Mazkur amaliyotni o‘tash bilan bog‘liq xarajatlar Chongqing xalqaro hamkorlik trening markazi tomonidan qoplab berilishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)