Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida oqqonga chalingan bolalarni xalqaro standartlar bo‘yicha 24 soat ichida aniq tashxislash yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lum qilinishicha, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi laboratoriya bo‘limida viloyatlar orasida birinchilardan bo‘lib bu imkoniyat yaratilgan.
Shu paytga qadar oqqon miyeologrammasi tahlil uchun Qashqadaryodan poytaxtga jo‘natilgan. Ayni paytda Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan keltirilgan namunalar ham Qarshidagi laboratoriyada tahlil qilinmoqda.
Bu yerda aniqlash qiyin bo‘lgan tug‘ma-irsiy (orfan) kasalliklar bo‘yicha ham sitomorfologik tekshiruv orqali tashxis qo‘yilmoqda. Bo‘lim morfolog vrach-laboranti Zebiniso Xolmurodova Germaniyada malaka oshirgan. Ayni paytda u shu yo‘nalishda ilmiy faoliyat bilan ham shug‘ullanmoqda.
Izoh (1)
Assalomu Alaykum Qarshini qayerida ekan bu muassasa