Namangan viloyati Davlatobod tumanida Lacetti yo‘l-transport hodisasiga uchrab, ag‘darilib ketdi.
Islom Karimov ko‘chasidan To‘raqo‘rg‘on yo‘nalishiga yuqori tezlikda harakatlanib ketayotgan Lacetti haydovchisi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay qolgan.
Shu paytda mashina chorrahada svetoforning qizil ishorasida to‘xtab turgan Cobalt avtomashinasining orqa qismiga urilgan. To‘qnashuv sababli Lacetti ag‘darilib ketgan.
“Hodisa oqibatida har ikkala avtomashina texnik shikastlangan, jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda.
Izoh (0)