• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Sudda prokuror doim ustunlikka ega, uning aytgani bo‘lar, advokat harakati esa samarasiz chiqardi” — advokat advokatura maqomining oshirilishi haqida

    Sud jarayoni ishtirokchilari yaxshi bilishadi — ilgari sudlarda qoralovchi-prokuror o‘zini xuddi vaziyatning egasidek tutar, sudya ham asosan prokuror talab qilgan jazoni belgilardi. Sudlanuvchini oqlashi kerak bo‘lgan advokat esa sudga nomiga qatnashar yoki har qancha jon kuydirmasin uning gapi ko‘p ham inobatga olinmasdi. Boisi shu paytga qadar advokat faoliyati va ijtimoiy himoyasi Konstitutsiya tomonidan himoyalanmagan edi. Yangilanayotgan Konstitutsiyaga ko‘ra endilikda advokatura ham, sud va prokuratura bilan teng maqomda bo‘ladi. Advokatni, uning shaʼni, ish bo‘yicha faoliyatini davlat himoya qiladi.

    Mazkur o‘zgarishlar advokatlar faoliyati yaxshilanishi va himoya qilayotgan mijozining huquqlari taʼminlanishi uchun qanchalik ahamiyat kasb etadi? “Daryo” muxbiri advokat Murodilla Tursunov bilan suhbatlashib, shu haqda qiziqdi.

    “Tan olish kerak, shu paytga qadar ham bizda advokatura haqida bizda qonunlar, Jinoyat protsessual kodeksda advokatlarning yuridik maqomi belgilab qo‘yilgan edi. Ammo hali advokat maqomini prokuror va sudya bilan tenglashtirish masalasi O‘zbekistonning bosh qomusida aks etmagandi. O‘ylashimcha, bu respublikadagi barcha advokatlar faoliyatini yaxshilashga qaratilgan ijobiy qadam bo‘ldi”, — deydi 2016-yildan beri advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Murodulla Tursunov.

    Advokatning tan olishicha, shu paytga qadar sud jarayonlarida advokatlarning darajasi sudya va prokuror maqomida bir necha barobarga kam bo‘lgan.

    “Ilgari advokat sudga qonuniy tayyorgarlik ko‘rib, himoyasi ostidagi aybdorni oqlash uchun barcha dalillarni to‘plab, sudga taqdim qilsa-da, bu dalillar bilan tanishishni ham istamagan prokuror ish hujjatlarini o‘qimay shu jinoyat bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlikdan kelib chiqib, aybdorga muddat so‘rardi. Masalan, o‘g‘rilik bo‘yicha 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘lsa, prokuror 7 yil muddat so‘rab, suddan chiqib ketaverardi.

    Ming afsuski, sudya ham asosan prokuror so‘ragan javobgarlik bo‘yicha javobgarlikka tortardi. Holbuki advokat himoyasi ostidagi fuqaroni oqlovchi, uning bu jinoyat ishiga aloqador emasligini isbotlovchi dalillar keltirsa-da, advokat tinglanmasdi. Tinglansa-da, eʼtiborga olinmasdi. Shunaqa paytlarda advokatlarning barcha mehnati yo‘qqa chiqardi. O‘zgartirilayotgan Konstitutsiyada bu kabi holatlarni cheklash uchun advokat maqomini oshirilishi, bu davlat eʼtiborida, himoyasida ekani aytilmoqda. Bu advokatlar uchun katta yutuq aslida”, — deydi advokat.

    Advokatning maʼlumot berishicha, yaqinda uning himoyasi ostidagi fuqaroga bosim o‘tkazilib, sodir etmagan jinoyatini bo‘yniga qo‘yish holati kuzatilgan. Advokat esa buni isbotlab bersa-da, sudda prokuror so‘rovi bo‘yicha javobgarlik belgilangan.

    “Kuni kecha bir jinoyat ishida qatnashdik. Aybdor giyohvand moddalar oldi-sotdisida ayblanayotgan edi. Himoyam ostidagi fuqaroni Qarshi shahridan ushlab ketishgan va Buxoroga olib borishgan. Eng yomoni hech kimga xabar berilmay, advokati ogohlantirilmay uch kun davomida uni sababsiz olib o‘tirishgan. Shuningdek, himoyam ostidagi fuqaroga advokating kelib-ketuvchi sen biz bilan qolasan, deb uni qo‘rqitib, o‘zlari xohlagandek aybiga iqror qilishgan. Yangi Konstitutsiyada tilga olinayotgan Miranda qoidasi buzilgan.

    Bundan tashqari, tergov jarayonida ham ayblanuvchi sudga olib borilib, menga xabar qilinmay, davlat tomonidan ajratilgan advokat orqali ishni hal etishga urinish bo‘lgan. Xullas sud ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan cheklash jazosini qo‘llagan. Aslida taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, oqlanishi kerak edi. 2-3 oy qamoqda o‘tirgan 19 yoshli yigit o‘ziga tayinlangan noqonuniy jazoga ham rozi bo‘lib, shikoyat qilishni ham istamayapti, meni tinch qo‘yishsa bo‘ldi degan fikrga kelib qolgan”, — deydi Murodulla Tursunov.

    Advokat yangilanayotgan Konstitutsiyadan mamnun ekanini, bu kabi voqea respublika tarixida bo‘lmaganini aytmoqda.

    “Advokatlar maqomini oshirish uchun, ularning mavqeyini prokuror va sudyalarga tenglashtirish uchun advokatlarning daxlsizligini ham taʼminlash kerak. Yangilanayotgan Konstitutsiyada advokatning shaʼni va ish faoliyatini davlat himoya qilmoqchiligi taʼkidlanmoqda. O‘ylaymizki, bu ularning daxlsizligi taʼminlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi”, — deydi advokat.

    24.03.2023, 21:05   Izoh (0)   6222
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston aholisi yirik korxonalar aksiyalarini sotib olishi mumkin bo‘ladi

    24.03.2023, 19:47

    Migratsiya agentligi fuqarolarni pul evaziga Yaponiyaga jo‘natayotgan til markazlaridan ogohlantirdi 

    24.03.2023, 19:33

    Samarqandda oltin qazib olishga sharoit qilib berish uchun 1300 dollar olgan shaxs ushlandi 

    24.03.2023, 19:17

    Qo‘yliq–Sergeli metro yo‘nalishida sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi 

    24.03.2023, 19:13

    9 ballgacha zilzila kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlar ro‘yxati vazirlik tomonidan eʼlon qilinmagan — FVV 

    24.03.2023, 18:23

    “Tashabbusli budjet”da botlar orqali ovoz yig‘ish mumkinmi? Mutaxassis javob berdi

    24.03.2023, 18:19
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UFC on ABC 9. Bogdan Guskov Nikita Krilov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (video)

    Sport | 27 iyul, 12:30

    “Trampning sabr kosasi to‘lmoqda” — AQSH davlat kotibi

    Dunyo | 27 iyul, 11:53

    Mo‘ynoqdagi kondan ham gaz sizib chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:38

    O‘zbekistonning ayrim joylarida hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 27 iyul, 11:25

    Toshkentdagi 59 ta obyektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilib, elektr ta’minotidan uzildi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:50

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.