• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +21°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kanada aeroportida qozog‘istonlik jurnalistlardan qazi va boshqa go‘sht mahsulotlari olib qo‘yildi

    Monreal aeroportida xalqaro chang‘ichi-jurnalistlar klubi yig‘ilishi ishtirokchilari noxush vaziyatga tushib qoldi. Bojxonadagi qozog‘istonlik jurnalistlar chet ellik hamkasblari uchun o‘zlari bilan olib kelgan barcha yeguliklar olib qo‘yildi. “Vremya” gazetasi muharriri o‘rinbosari Irina Bajenova “Daryo”ning Qozog‘istondagi muxbiri bilan suhbatda tafsilotlarni aytib berdi.

    “Kanadadagi xalqaro chang‘ichi-jurnalistlar klubi yig‘ilishiga uchdik. Odatda har bir mamlakat vakillari o‘z mahsulotlarini olib kelib, mahalliy bayramda bir-birlarini milliy taomlar bilan siylashadi. Biz dastlab Kanadadagi tashkilotchilardan oziq-ovqat olib borish mumkinmi, deb so‘radik. Ular bizga qoidalar yozilgan sayt havolasini yubordi hamda qisqacha aytganda vakuumda, qadoqlangan va sertifikatga ega hamma narsa mumkinligini aytishdi”, — dedi Irina.

    Jurnalist veb-saytdagi cheklovlarni o‘qimaganini tan oldi.

    “Chunki sayt juda murakkab, uni tushunish oson emas. Biz shunday qarorga keldik: ular bizga import qoidalarini shu tarzda tushuntirdimi, demak hammasi yaxshi. Barcha turdagi quritilgan go‘sht mahsulotlarini — go‘shtli chipslar, basturma, vakuumli qadoqdagi qazilarni oldik. Irimshik, yong‘oq, qozoq shokoladi va brendi ham bor edi. Hammasi 3,5 kilogramm bo‘ldi. Chegarada ofitser deklaratsiya qilinadigan biror narsa bor-yo‘qligini so‘raganida, yo‘q dedik. U yaxshilab o‘ylab ko‘ring, agar deklaratsiyalanmagan mahsulotlarni topsak, katta jarima bo‘ladi, deb qo‘shimcha qildi. O‘ylab ko‘rgach, milliy noz-ne’matlar borligini yozdik”, — deya aniqlik kiritdi suhbatdosh.

    Shundan so‘ng, Bajenovaning so‘zlariga ko‘ra, ular chegara nazoratidan o‘tib, chamadonlarini olib chiqish yo‘lagi tomon yurgan.

    “To‘satdan bizni o‘rab olishdi. Hali qog‘ozni (deklaratsiya – tahr.) ko‘rsatmagandik, uchovimizni o‘rab olishdi va chamadonimizni ko‘rsatishimizni so‘rashdi. Chamadonlarni birin-ketin tita boshlashdi, kiyimlarni, barcha sumkalarni tekshirishdi. Yong‘oq, shirinliklar, spirtli ichimliklar — bularning barchasi mumkin, deb aytishdi. Go‘sht esa butunlay taqiqlangan ekan. Biz bu quritilgan, vakuumga solinganini aytdik sertifikatni ko‘rsatdik! Lekin ular bunga hatto qaramadi ham. Aytishicha, faqat Yevropadan go‘sht keltirishga ruxsat berilgan ekan. Qozog‘iston va Osiyodan veterinariya sabablariga ko‘ra ruxsat berilmagan. Ular hamma narsani olib qo‘yishdi. Bojxonachiga bizda deklaratsiya qilinadigan narsa bor deb bekor aytibmiz, indamay o‘tib ketishimiz kerak edi desam, itlarimiz baribir hidini olardi, dedi. Agar yozmaganingizda, hibsga olingan bo‘lardingiz. 1300 dollar jarima to‘lardingiz dedi”, — hikoyasini davom ettirdi qozog‘istonlik jurnalist.

    Irina hech qanday itni ko‘rmaganini aytdi, lekin bojxona xodimi ular borligini aytgan. Qozog‘istonlik jurnalistlar qancha yalinmasin, ularga go‘shtni olib o‘tishga ruxsat berishmagan, yeguliklarni shu yerda tanovul qilishi mumkinligini aytgan. Jurnalistlar oz miqdorda yeya olgan.

    “Go‘sht va yeguliklarga salkam 40 ming tenge sarflagandik. Ayniqsa, qazini ko‘z o‘ngimizda qandaydir idishga tashlagani juda achinarli. Qolgan bojxonachilar to‘plana boshlashdi. Biz o‘yladik: ehtimol, keyin barcha mahsulotlar bu idishdan olinib, ularning o‘zi bizning taomlar bilan ovqatlanishar. Kanada bojxonachilariga yoqimli ishtaha”, — deya so‘zini yakunladi Bajenova.

    15.03.2023, 12:21   Izoh (1)   4790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. akhrorbekazamjonov@gmail.com / 15.03.2023, 13:42

      salom

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSH Qora dengizga qulagan droni “begona qo‘llarga tushmasligi” uchun zarur choralar ko‘rdi

    15.03.2023, 10:46

    Jo Bayden yaqin orada Si Szinpin bilan gaplashmoqchiligini ma’lum qildi

    15.03.2023, 10:22

    “Tolibon” erkaklarga ayollar uchun kiyim tikishni taqiqladi 

    15.03.2023, 01:15

    Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda AQSH droni urib tushirilgani bo‘yicha bayonot berdi

    15.03.2023, 00:55

    Pokistonda Imron Xonni hibsga olish uchun kelgan politsiya uning tarafdorlari bilan to‘qnashdi (foto, video) 

    14.03.2023, 23:45

    Coca-Cola raqibi: Osiyoning eng boy odami mashhur ichimlikni qaytarishni rejalashtirmoqda

    14.03.2023, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.