Daryo

Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda AQSH droni urib tushirilgani bo‘yicha bayonot berdi

AQSH Rossiyaning Vashingtondagi elchisini Qora dengizdagi dron bilan bog‘liq hodisa tufayli Davlat departamentiga chaqirdi

1 daqiqa o‘qish35 978 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Qora dengiz uzra parvoz qilayotgan Su-27 samolyoti xalqaro havo hududidagi AQSHning MQ-9 Reaper dronini urib tushirdi. Rossiya Mudofaa vazirligi dron urib tushirilganini tasdiqlab, bayonot berdi.

Foto: Getty Images

Bayonotga ko‘ra, 14-mart kuni ertalab Rossiya Aerokosmik kuchlarining havo hududini nazorat qilish bo‘limi Amerika MQ-9 dronining Rossiya davlat chegarasi yo‘nalishi bo‘yicha parvozini qayd etgan. Dron parvozi transponderlar o‘chirilgan holda, maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish maqsadida belgilangan havo hududidan foydalanishning vaqtinchalik rejimini buzgan holda amalga oshirilgan.

“Qoidabuzarni aniqlash maqsadida havo hujumidan mudofaa kuchlarining navbatchi qiruvchilari havoga ko‘tarildi. Keskin manyovrlar natijasida Moskva vaqti bilan soat 09:30 da MQ-9 droni balandlikni yo‘qotgan holda nazoratsiz parvozga o‘tdi va suv yuzasida to‘qnashdi. Rossiya qiruvchilari havo-desant qurollaridan foydalanmadi, dron bilan aloqa qilmadi va o‘z aerodromiga qaytdi”, — deyilgan bayonotda.

Avvalroq AQSH Harbiy-havo kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi 14-mart kuni Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengizdagi xalqaro havo hududida “ehtiyotsizlik va noprofessionallik” tufayli AQSH dronini urib tushirganini ma’lum qilgandi. Oq uy AQSH prezidenti Jo Bayden voqea yuzasidan xabardor qilinganini bildirgan. Davlat departamenti bu borada Rossiya bilan muzokara olib bormoqchi. O‘z navbatida, AQSH Rossiyaning Vashingtondagi elchisini Qora dengizdagi dron bilan bog‘liq hodisa tufayli Davlat departamentiga chaqirgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar