Samarqand shahridagi gaz quyish shoxobchasida 25-fevral kuni Nexia-3 mashinasiga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, holat soat 11:00 atrofida “Hunarmandlar” MFY Bedil ko‘chasida joylashgan “Kamalak” MCHJga qarashli avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Shu yerda ishchovchi xodim — Past Darg‘om tumanida yashagan, 43 yoshli M.Z. fuqaroning Nexia-3 avtomashinasiga gaz quyayotganda bagaj qismiga o‘rnatilgan gaz ballonining yorilib ketishi oqibatida portlash kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida MCHJ ishchisi M.Z. kuyish jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)