• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Har kim uy-joyli bo‘lish huquqi Konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yilmoqda

    Ayni kunlarda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Loyihaga ko‘ra, Konstitutsiyaga 39 prim 1-moddasi kiritilmoqda. Unda “Har kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega” ekani qatʼiy belgilab qo‘yilmoqda. Yangi moddaga ko‘ra:

    “Hech kim sudning qarorisiz va qonunga nomuvofiq holda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlanadi.

    Davlat uy-joy qurilishini rag‘batlantiradi va uy-joyga bo‘lgan huquqning amalga oshirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.

    Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash tartibi qonun bilan belgilanadi”.

    Endilikda ushbu qoida kuchga kiritilsa, sud qarorisiz fuqarolarning erkiga zid ravishda, yaʼni roziligisiz uy-joydan mahrum qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Foto: “Daryo”

    O‘tgan bir necha yil davomida “uy-joyni buzish”, “snos” degan gapni eshitmagan vatandoshimiz qolmagan bo‘lsa kerak. Ayrim vatandoshlarimiz uchun bu so‘zlar “adolatsizlik” so‘zining sinonimiga aylangan. Ushbu masala jiddiy bo‘lgani sababli, prezidentning 2021-yildagi inauguratsiya maʼruzasida ham alohida ko‘tarilib, shaxsiy mulkka bo‘lgan huquq uchun sud himoyasini ko‘chaytirish zarurligi taʼkidlangandi.

    Shu salbiy holatlarni oldini olish maqsadida uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi taʼminlash haqidagi normalar kiritilmoqda. Shuningdek, mamlakatimizda aholini uy-joy bilan taʼminlashga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash davlatning muhim vazifasiga aylanmoqda.

    Mazkur moddaning Konstitutsiyaga kiritilishi nimasi bilan o‘ziga xos va bu jamiyat uchun qay darajada ahamiyatli ekani xususida Sudyalar oliy maktabi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori Dilmurod Ortiqov “Daryo” nashriga bergan intervyusida tushuntirish berdi.

    Kafolatlanayotgan inson huquqlari

    Mazkur kiritilayotgan norma bevosita O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Prezident tomonidan Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha komissiya yig‘ilishida aynan uy-joy daxlsizligi va uy-joyni buzilishida kompensatsiyani qoplab berish bilan bog‘liq masala taklif sifatida kiritilgan edi.

    Mazkur norma yangilanayotgan Konstitutsiyada o‘z aksini topayotgan ijtimoiy davlat g‘oyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ijtimoiy davlatda aholi o‘zining barcha imkoniyatlariga ega bo‘lish g‘oyasi yotadi. Buning ikki xil xususiyati bor. Birinchisi, shaxsni uy-joyga bo‘lgan huquqi sud orqali himoya qilinishidir. Ikkinchisi esa kompensatsiya bilan bog‘liq masalani o‘z ichiga oladi.

    Bugungi amaldagi qonunchilikda uy-joyga egalik qilish huquqi nazarda tutilgan. Bular Uy-joy kodeksi bilan bog‘liq: Shaharsozlik kodeksi va Fuqarolik kodekslarida mazkur masala nazarda tutilgan. Jumladan, Uy-joy kodeksida har bir shaxs uy-joyga egalik qilish huquqiga ega ekani va mazkur uy-joy o‘zining belgilangan talablarida bo‘lishi kerakligi masalalari ilgari surilgan. Shuningdek, Fuqarolik kodeksida esa aynan yuqoridagi kompensatsiya bilan bog‘liq masala, yaʼni davlat tomonidan fuqaroning maʼlum bir mulki olib qo‘yiladigan bo‘lsa, albatta, u bunga kompensatsiya qilishi nazarda tutiladi.

    Foto: “Daryo”

    Taʼkidlash kerakki, uy-joyga bo‘lgan huquqni taʼminlash sud tomonidan taʼminlanadi. Shaxs sudga shikoyat qilishi va sud tomonidan unga o‘sha kompensatsiya belgilanishi nazarda tutiladi. Bunda kompensatsiya mutanosib kerakligini, ya’ni o‘sha uy-joy narxiga mutanosib bo‘lishi kerakligi juda muhim ahamiyatga ega. Kiritilayotgan normaning eng muhim jihati shundan iborat. Modomiki, shaxsning uy-joyi buzulyapdimi, albatta, unga yetkazilgan zarar qoplab berilishi kerak. Mazkur masala Fuqarolik kodeksi bilan bir qatorda “Maʼmuriy tartib taomillar to‘g‘risida”gi qonunda ham nazarda tutilgan. Mutanosiblik prinsipi doirasida aynan bugungi kunda fuqarolarning huquqi buzilishi bilan bog‘liq ko‘p yuzaga kelyotgan masalalar keng hal qilinib kelinyapti.

    Bu amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan. Amaldagi qonunchilikda mazkur holat belgilangan bo‘lsa-da, nima uchun aynan Konstitutsiyaga kiritilyapti? degan savol tug‘iladi. Birinchidan, to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlashi nazarda tutilyapti. Bilamizki, Konstitutsiya shunchaki o‘zgartirib bo‘lmaydigan asosiy qonun va bu qonunda shaxsning uy-joyga oid asosiy huquqlari va uni himoya qilish protsedurasining, asosiy qoidalarining belgilanishi va mazkur huquq doimiy tarzda hech qanday o‘zgarishsiz qolishini anglatadi. Bu esa shaxsning davlatga bo‘lgan ishonchi va albatta, Konstitutsiyani o‘rganishga bo‘lgan intilishini ham kuchaytiradi. Bu esa huquqiy-ijtimoiy davlat qurishdagi eng muhim qoida hisoblanadi.

    Foto: “Daryo”

    Yana bir muhim jihati, uy-joyga bo‘lgan hudud va uning sud tomonidan himoya qilinishi masalasi bevosita xalqaro hujjatlarda ham nazarda tutilgan. Jumladan, xalqaro hujjatlar orasida eng muhimi bo‘lgan Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasi, Siyosiy va fuqaroviy huquqlar bo‘yicha xalqaro paktda ham mana shu uy-joyga nisbatan mulk huquqi, yaʼni uy-joy dahlsizlik masalasi, uni sud tomonidan himoya qilish masalasi nazarda tutilgan. Va shu nuqtayi nazardan, Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur norma aynan xalqaro huquq qoidalariga ham bevosita to‘g‘ri keladi

    Normaning yana bir xususiyati — bu aholining ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash masalasi ham nazarda tutilyapti. Mazkur holat ham aynan prezident tomonidan Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha komissi majlisida aytib o‘tilgan asosiy takliflardan biri hisoblanadi. Bilamizki, bugungi kunda o‘sha so‘nggi 5 yil davomida ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan taʼminlash masalasi davlatning asosiy, ustuvor vazifasiga aylangan. Mazkur holatni aynan mana shu amalga oshirilayotgan islohotlarning Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilishi, buning bardavom bo‘lishini ko‘rsatib beradi.

    Yana bir holat, bugungi kunda ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan taʼminlashga subsidiyalar ajratilayotganini ko‘rish mumkin. Birgina 2021-yil davomida 126 milliard so‘m atrofidagi subsidiyalar ajratilganini ko‘rish mumkin va bunga ham ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan taʼminlashning muhim islohoti sifatida qarashimiz mumkin.

    Foto: “Daryo”

    Yuqoridagi normalar xorijiy davlatlar tajribasida ham ko‘zda tutilgan. Shveysariya, Portugaliya, Polsha kabi rivojlangan davlatlar tajribasida konstitutsiyalarda mazkur qoidalar nazarda tutilgan. Bu orqali Konstitutsiyaga ushbu normalar kiritilishida ham xorijiy davlatlar tajribasi maʼlum maʼnoda rol o‘ynaganini ko‘rishimiz mumkin.

    Umuman olganda, yangi Konstitutsiyaga mazkur norma kiritilishining to‘rtta muhim jihatini aytib o‘tish kerak. Birinchidan, aynan uy-joyga nisbatan mulk huquqining kafolatlanishiga erishildi. Ikkinchidan, aynan mazkur sohadagi nizolarning oldini olishga olib keladi. Uchinchidan, mazkur sohada sud himoyasining kengayishiga sabab bo‘ladi. To‘rtinchidan, uy-joyga nisbatan ejhtiyojmand aholini uy-joy bilan taʼminlash imkoniyatini oshiradi.

    Xulosa qilib aytganda, Konstitutsiyaga kiritilayotgan mazkur o‘zgartirishlar bir necha yillardan buyon jamiyatimizda o‘tkir muammolardan biriga aylangan “snos” bilan bog‘liq muammoga nisbatan xalqparvar, mulkdorlar manfaatini himoya qiluvchi oqilona yechim ekanini tasdiqlaydi. Shuningdek, aholi uchun uy-joy qurilishini rag‘batlantirish, ayniqsa ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan taʼminlash Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanmoqda.

    Dilmurod Ortiqov, Sudyalar oliy maktabi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori 

    25.02.2023, 13:13   Izoh (0)   7687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Aholi bandligini ta’minlash masalasida ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatiladi

    25.02.2023, 12:30

    Farg‘onada Cobalt piyoda ayolni urib yubordi (video) 

    25.02.2023, 12:09

    Buxoroda yo‘l yoqasidagi quruq xashaklar yonib ketdi

    25.02.2023, 11:54

    Namanganda Suriyadagi terrorchilik tashkiloti a’zosiga aylangan 24 yoshli yigitga hukm o‘qildi (video)

    25.02.2023, 11:40

    “Bu yerda meni hech kim urgani yoki qiynagani yo‘q” – bloger Abduqodir Mo‘minov tergov jarayoni haqida izoh berdi

    25.02.2023, 11:04

    O‘zbekistonda pilla qurti urug‘ini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya beriladi

    25.02.2023, 10:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.