Toshkent shahrida 2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra har ming kishiga o‘rtacha 193 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda O‘zbekistonda har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 95 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 71 ta;
- Andijon viloyati – 70 ta;
- Buxoro viloyati – 109 ta;
- Jizzax viloyati – 66 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 79 ta;
- Navoiy viloyati – 96 ta;
- Namangan viloyati – 77 ta;
- Samarqand viloyati – 95 ta;
- Surxondaryo viloyati – 74 ta;
- Sirdaryo viloyati – 75 ta;
- Toshkent viloyati – 117 ta;
- Farg‘ona viloyati – 84 ta;
- Xorazm viloyati – 110 ta;
- Toshkent shahri – 193 ta.
Ta’kidlash kerakki, bu 2022-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 15 taga ko‘p demak. O‘tgan yili poytaxtda har ming kishiga 178 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelagandi.
Izoh (0)