Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida xalqaro sertifikat olib berishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departament hamda DXXning O‘zbekiston tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro M.Sh. va boshqalar fuqaro J.A.ga ingliz tilini bilish darajasini beruvchi CEFR C1 toifali xalqaro sertifikatni hech qanday imtihon topshirmasdan 1,5 ming dollar evaziga olib berishni va’da qilgani aniqlangan. Ular oldindan 1 000 dollarni olgan vaqtlarda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)