“Tolibon” hukumati ayollarning ta’lim olishini taqiqlash borasida kelishmovchilik yuzaga keldi, Bu haqda mahalliy jurnalist Sami Yusufzayga tayanib, Sputnik xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi “Tolibon”ning amaldagi yetakchisi Haybatulla Oxundzoda nomiga cheklovlarni bekor qilish talabi bilan xat yo‘llagan. “Tolibon” yetakchisi esa maktubga qisqa javob qaytargan.
“Agar shariat bo‘yicha 12 yoshdan oshgan qizlar uydan yolg‘iz chiqib ketishi mumkinligini isbotlasangiz, ayollarga o‘qishga ruxsat beraman”, — degan Oxundzoda.
Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga kelganidan so‘ng ko‘plab qizlarning maktabga borishini taqiqlagan, 2022-yil dekabrida esa Oliy ta’lim vazirligi ayollarning oliy ma’lumot olishiga taqiq joriy qilgan. Bu qaror “Tolibon” hukumati orasida norozilikka sabab bo‘lgan, qarshilik shu darajada jiddiylashganki “Tolibon”ning yuqori martabali amaldorlari Oxundzodani taxtdan ag‘darishni ko‘rib chiqmoqda.
Agar “Tolibon” yetakchisi taxtdan ag‘darilsa, uning o‘rnini Afg‘oniston bosh vaziri Abdul G‘ani Barodar egallashi kutilmoqda. Bu bo‘yicha dastlabki muzokaralar olib borilmoqda.
Izoh (0)