Afg‘onistonning Samangon viloyatida og‘zi bor, lekin burni va ko‘zi bo‘lmagan chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Samangon sog‘liqni saqlash rasmiylari viloyatda kamdan kam uchraydigan anomal bola tug‘ilganini aytdi. Chaqaloq 13-fevral, dushanba kuni dunyoga kelgan. Bolaning surati bilan tanishgan manbalar chaqaloqning og‘zi borligi, lekin burni va ko‘zlari yo‘qligini ta’kidladi.
Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bunday tug‘ilish "g‘ayritabiiy” hisoblanadi va u ko‘p hollarda yaqin qarindoshlar bilan turmush qurish natijasida kelib chiqadi.
Avvalroq Isroilda qornida ikkita embrion bor qiz tug‘ilgandi, bu yarim million boladan faqat bittasida kuzatiladigan kamyob holat hisoblandi. Meksikadagi kasalxonada esa olti santimetrlik dum bilan sog‘lom bola dunyoga kelgandi.
Izoh (0)