Daryo

Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev koloniyadan ozod etildi

Sud Atambayevning Qirg‘izistondan tashqarida davolanishiga ham ruxsat bergan

1 daqiqa o‘qish20 976 ko‘rishlar0 izoh0

Qirg‘iziston Oliy sudi 13-fevral kuni yopiq majlisda respublika sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan ilgari chiqarilgan hukmni bekor qildi va jinoiy ishni qayta tergovga yubordi, deb xabar bermoqda “Radio Azattik” sud matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Sputnik

Atambayev koloniyadan ozod qilindi, deb xabar berdi “TASS” sobiq prezidentning oilasiga tayanib. “Endi biz uyga ketmoqchimiz”, — degan nashr manbasi.

Bu maʼlumotni Atambayevning maslakdoshlari ham tasdiqlagan. Ularning aytishicha, sud Atambayevning Qirg‘izistondan tashqarida davolanishiga ruxsat bergan.

Ma’lumot uchun 2020-yilda Qirg‘iziston Oliy sudi avvalgi instansiyalarning hukmlarini bekor qilgan edi — ularga muvofiq Atambayev 11 yilga qamalgandi. Ammo 2021-yil oktabr oyida Oliy sud Bosh prokuratura arizasidan so‘ng o‘z qarorini bekor qildi va Atambayev yana sudlangan deb topildi. Shundan so‘ng 2022-yil 15-martda Oliy sud Atambayevga nisbatan 11 yillik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar